1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
Blokirovka qurilmalari. Blokirovka qurilmalarining asosiy vazifalari
mashina va mexanizmlarning xavfli zonalariga odamning tushib qolib, jarohat olishiga xalaqit beradigan qurilma hisoblanadi. Bu qurilmaning ishlash jarayoni birinchidan odam tanasi qismlarini xavfli zonaga tushib qolishi yuliga g„ov bulsa, ikkinchidan, agar mabodo odam shu zonada ish bajarishi zarur bo„lsa, unda shu xonadagi xavfli vaziyatni vujudga keltiruvchi harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlar harakatini to ishchi shu xonadan chiqib ketgunga qadar to„xtatib turadi. Bunday qurilmalar to„siq vositalarini o„rnatganda juda qo„l keladi. Masalan, aylanuvchi baraban atrofi to„siq bilan to„silgan bo„lsin. U holda blokirovka qurilmasi o„rnatilmagan bo„lsa, bunday to„siq vositalarini olib tashlab, xavfli zonaga kirib ish bajarish natijasida odam ushbu zonada jarohat olishi muqarrar bo„lib qoladi. Agar shu to„siq vositalarining ajraluvchi va ochiluvchi qismlariga blokirovka qurilmasini o„rnatsak, bu xavf o„z-o„zidan yo„qoladi. Chunki aylanuvchi yoki harakatlanuvchi qismni harakatga keltirayotgan elektr quvvatini mana shu ajraluvchi qismlar orqali o„tadigan qilib quysak, bu masala o„z-o„zidan echiladi. Buning uchun ajraluvchi yoki ochiluvchi qism oralig„iga, ochilganda yoki ajralganda o„chib qolishni ta‟minlaydigan knopka qo„yish kifoya. Agar biz biror ish bilan bu to„siqni olib, ichkariga kirsak, baraban to„xtagan bo„ladi. To biz bu to„siqni yopib qo„ygunimizga qadar bu barabanni harakatga keltirish imkoniyati yuq. Ishlash mohiyatiga asosan blokirovkalarni mexanikaga asoslanib ishlaydigan, elektr toki ta‟sirida harakatga keladigan, fotoelektr tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan va bulardan ikkitasining qo„shilmasidan tashkil topgan turlari mavjud. Mexanik blokirovka bu mashinani ishga tushirish qurilmasi bilan uning muxofaza qopqog„i orasidagi uzviy bog„lanishga asoslangan bo„ladi. Elektr toki ta‟sirida harakatga keladigan blokirovkalarni har qanday elektr tizimlarida va to„qimachilik texnologik jarayonlarida qo„llash imkoniyatlari mavjud. Fotoelektr xususiyatli blokirovka tizimining ishlashi yorug„lik nurining elektr yurituvchi kuch hosil qilishiga asoslangan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling