1-mavzu pdf


Download 109.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi109.79 Kb.
#1430886
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu-4

TANGA – turkcha tamg‘a so‗zidan olingan bo‗lib metaldan yasalgan pul birligi.
Tangalar aversi (yuzi), reversi (orqa tomoni va gurti (cheti) orqali bir-biridan
farqlanadi. Tangalar deyarli bir vaqtda (mil.avv VIII-VII asrlar) Lidiya va Egina
(Yunoniston) paydo bo‗lgan. 
Tanganing ikki, old (avers) va orqa (revers) tomoni bor. Har ikkala tomoniga ham
rasmlar va yozuvlar tushirilgan bo‗ladi. Rasm va yozuvlar tasvirlangan maydon
«tanga maydoni» deb ataladi. Odatda tanga maydoni chiziqli yoki nuqtali, yo
bo‗lmasa uzun munchoqqa o‗xshash xoshiya bilan o‗ralgan bo‗ladi. Tanga qirrasi
«gurt» deb ataladi. Tangada tasvirlangan rasm va yozuvlar tanga tipinig asosini
tashkil etadi. Rasm va yozuvlar mazkur tangani zarb etgan davlat, qirollik, xonlik
yoki shaharning o‗ziga xos muhridir. Bu bilan shoh, qirol, xon yoki shahar hokimi
bozorga muomalaga chiqarilayotgan tangalar haqiqiy va to‗la qiymatga ekanligini
takidlaydi. Tanga metalli, uning sofligi va og‗irligi davlat tomonidan kafillanishi
kerak. 
Tangalar nafaqat siyosiy ma‘luotlarni, balki madaniyat san‘atga oid ham qimmatli
ma‘lumotlar beradi. Ulardan qadimgi arxitektura yodgorliklari suratini aks
ettirganligi, ularga qarab arxitektorlar binolarni ham ta‘mirlashi mumkin.
Jumladan, Afinada zarb etilgan bir tangada Akropoldagi Dionis teatri tasvirlangan.
Bu bilan Akropolning qaysi tomonida bu teatr joylashgan o‗rni aniqlangan. 
Tangalarning old tomonida odatda hokim, shoh yoki imperator, yo bo‗lmasa, biror
bir muqaddas hayvon, orqa tomonida ham ma‘buda yoki boshqa bir narsa,
yozuvlar va tamg‗a tasvirlangan bo‗ladi. O‗rta asrlarda musulmon sharq
mamlakatlarida tangalarda rasmlar tasvirlash mumkin bo‗lmagani uchun rasm
o‗rniga yozuvlar zarb qilingan. Bu tangalarning old tomoniga Qur‘oni-Karimdan
oyat, qachon va qaerda zarb qilingani qayd qilingani qayd qilingan. Tanganing
orqa tomonida oyatning davomi, xudoning erdagi so‗nggi payg‗ambari
Muhammad mustafo (s.f.v), 9 


xalifaning ismi va amir yoki ushbu tangani zarb qildirayotgan hokimning ismi
keltirilgan. 

Download 109.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling