1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish


Download 1.36 Mb.
bet26/220
Sana25.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1120183
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   220
Bog'liq
1-mavzu pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning

38-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat (bundan maktabdan tashqari nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno), o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, o‘quvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlariga tanlov asosida o‘qishga qabul qilish chog‘ida tanlov ishtirokchilariga tanlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Chet ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida imtiyozli kontingent uchun qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling