1-mavzu: Pedagogikaning fan sifatidagi taraqqiyoti. (2 soat) Reja
Download 26.36 Kb.
|
3-kurs 1-mavzu (6)
1-mavzu: Pedagogikaning fan sifatidagi taraqqiyoti . (2 soat) Reja: 1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. 2. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 3. Pedagogik fanlari tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chikadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishda xizmat kiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari buladi. Xuddi shuningdek pedagogika faning ham asosiy kategoriyalari mavjud. Kategoriya – (Yunoncha: kategoriya – «ko‘rsatma» «dadil» «tushuncha») Pedagogik jarayonlar xususiyatlarini mohiyat mazmunini shaxs va jamiyat shaxs va gurux shaxsva jamoa o‘rtasidagi ta’lim va tarbiya. Manaviy marifiy axloqiy istetik iqtisodiy ekologik va XK munosabatlarini aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining rivojlanishi va jamiyat tarbiya asosida paydo buladi. Kategoriyalar orqali inson borlikni va tevarak atrofni ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqealarni o‘rganadi. Shulardan biri va asosida «pedagogika» atamasidir («Pein» - bola va «agogin» - yetaklamok degan manoni bildiruvchi yunoncha «paydogosni» so‘zlaridan paydo bo‘lgan). Buning uzoxi quyidagicha: eramizdan oldingi III–I asrlarda kadmgi Yunonistonda kuldolarni bolasini ovkatdantiradigan sairga olib boradigan tabiat kuynida uynatuv tarbiyachi – kullarni pedagok» deb atashgan. Bugungi kunda kelib pedagok so‘zi keng kamroli yangicha kasb mano etgan. Pedagogikaning yana bir tugunchalardan biri «Didaktika» so‘zidir. Kadimgi yunonistonda kuldorlarning bolasiga maktabga ta’lim beruvchi didaskal deb atashgan didaktika – yunoncha didaktikos so‘zidan olingan bo‘lib o‘qitish urgatish bilm berish manolarini anglatadi pedagogika fanining didaktika – ta’lim nazariyasi kismi xudi shu kadimiy va yunoncha o‘qitouchi nomi Bilan atalishi bejis emas. Kadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan o‘qituvchi o‘rnida didastal o‘quvchiga nisbatan didaskali atamalarini ashlatishgan. Amm+o didaktiko termining uzining dastlabki manosida ancha uzoklashgan. Hozir bu tushunchalarning xajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo‘lib u faqat o‘qituvchining faoliyatini emas shu bilan birga o‘quvchining faoliyatini ham uz ichika kamrab olgan. Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta’lim», «tarbiya», «ma’lumot», «shaxs», «rivojlanish», «shakllanish» so‘zlari ishlatiladi (7-chizma). Bu so‘zlar uzaro boglangan bo‘lib, bir-birini tuldiradi. Ular pedpgogikaning asosiy kategoriya-tushunchalari deb ataladi. Bulardan tashqari «o‘quvchi», «o‘qituvchi», «pedagogik jarayon», «ta’lim jarayoni», «tarbiya jarayoni», «ta’lim-tarbiya mazmuni», «ta’lim-tarbiya metodlari», «ta’lim-tarbiya qoidalari», «tashkiliy shakllari» kabi tushunchalar ham ishlatiladi. Tarbiya muayyan maqsadga yunaltirilgan tarbiyachi va tarbiyanuvchi o‘rtasidagi kusholok jaryon bo‘lib bunda tarbiyachi uzi xoxlagan sifatlarni tarbiyanuvchilar onggiga singdirish uchun ularning ruxiyatiga malim maqsadga tizimning tasir ko‘rsatadi. Tarbiya bola tugilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu tufay tarbiya so‘zi ko‘pvakitlardan ta’lim malumot jarayonlariga kiriadigan ishlarining mazmunini ham anglatadi. Tarbiya ta’lim malumot natijalarini uzida aks ettiradi. Ta’lim – maxsus tayorlangan kishilar raxbarligada utgaziladigan o‘quvchilarni bilim va malakalar bilan kurollantiradigan bilm kobilyatlarini ustiradigan, ularning dunyoqarashlarini tartib topgan jarayondir agar tarbiya bola tugilganidan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik tasirida shakllansa, komol topsa, ta’lim chegaralgan xolda, masalalar sinf xonasi labarotiya kabinetlari) tashkil etilgan o‘qituvchi raxbariga mauyyan barigida muayyan belgilangan vaktda olib borilgan. Malumot-ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim xosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda malakalar hamda shakllangan dunyo qarashlar majmuidir. Ta’lim-tarbiya va malumot uygunlashgan yagona javob bo‘lib o‘qituvchi tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchi kiladi. O‘qituvchi dars berar ekan o‘quvchilarni fan yangiliklardan xabardor etadi, Ayni paytda ularda insoniy fazilatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi mustaqil fikrlashgan urgatadi. Shaxs - «odamning jamiyat azosi sifatida, uz-uzini anglash va tafakko‘rni, faoliyatning obektivligini, mulokat hamda biluvchanlikni tashuvchanligidir». Shaxs deganda ruxiy jihatdan tarakkiy etgan, uz xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan fark kiladigan muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Shaxs avvalo uzining kadr-kiymati va kamchiliklari bilan jamiyat hayotida faol katnashganligi hamda ta’lim-tarbiya natijasida yuzaga kelgan uzining kuchli va kuchsiz tomonlari bilan paydo bo‘lgan individdir. Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruxiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib bo‘lib tugma va egallangan mikdor egallangan mikdor va sifat o‘zgarishlarini uz ichiga oladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi suyak va tizimning tanosil azolarining nerv funksional faoliyatining kamol topishi akl zakovatining shakllanishiga aytiladi. Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi – ma’lum bir real tarixiy shart-sharoitlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan qobiliyatlar va iktidorlarning, uning mohiyatini tashkil etadigan hamma kuchlarning tulik va batomom rivojlanishidir. Pedagogik faoliyat – estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarda muvofik ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aklan uylab kurilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo‘lgan mehnatining uziga xos turidir. Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yunaltirilgan pedagogik faoliyati tasirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmuni boyitiladi tarbiyachining yunaltiruvchi va olib beruvchi tarkkiyot ettirishidir. Pedagogik mulokat – o‘quv-tarbiya davomida o‘qituvchi (pedagog)ning o‘quvchilar bilan kasbiy mulokati xisoblanadi. 2. Jamiyatning ko‘p asrlik taraqqiyoti jarayonida shakllanib, doimo rivojlanib kelayotgan har bir fanning o‘ziga xos predmeti mavjud. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va medologik asoslariga ega. Pedagogika fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Avvalo pedagogikaning ilk bosqichlari falsafa negizida paydo bo‘ldi. Falsafa qadim zamonlardan boshlab davr, hayot mazmuni, insonning jamiyatdagi o‘rni va hayotda belgilangan vazifasi nimalardan iborat degan savollarga javob izlash bilan shug‘ullangan. Tarbiya jamiyat vazifasi bo‘lib, u turli tarixiy davrlarda aniq shaklga ega bo‘ladi. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishdan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtiroqchisiga aylanishi ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash va mehnat tajribasini, bilim va malakasini kichik avlodga bera boshlaydi. Bu jarayon tarbiya orqali amalga oshirilgan. Ko‘p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o‘sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o‘rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyaning umumiy prinsiplari faqat yoshlar tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taaluqli ekanligini ko‘rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o‘qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan, deb belgilash odatga aylandi. Kishilik jamiyatining qadimgi ibtidoiy, boshlang‘ich davrida odamlar tayyor mahsulotdan foydalanishgan. Ov, turli hunarmandchilikning rivojlanishi odamlar mehnat tajribasining oshishiga olib keldi. Mehnat odamning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatib, tarbiyani hayotiy zarurat qilib quydi. Odamlarning mehnat ko‘nikmalari yosh avlodga meros bo‘lib qola boshladi. Oldiniga bola tarbiyasi kattalar tomonidan bevosita mehnat faoliyatida amalga oshirilgan bo‘lsa, jamiyat rivojlana borgan sari bunday yo‘l talabga javob bermay quydi. Endi tarbiya bilan bilimdon, tajribasi yetarli odamlar shug‘ullana boshladi. Shunday qilib, ibtidoiy jamiyatning o‘zidayoq bilimlarni tabaqalashtirish an’anasi paydo bo‘ldi. Quldorlik davriga kelib, bu an’ana ko‘zga yaqqol tashlanadi. Feodalizm davrida tarbiya asosan din ta’sirida bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim nazariyasining asosiy g‘oyalari diniy ilm orqali ifodalangan. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatining turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarini o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni umumlashtirish jarayonida pedagogika fani paydo bo‘la boshladi. Zamonaviy pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim-tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, qonuniyatlari haqida ma’lumot beradigan fan. Qadimdan inson tarbiyasiga oid bo‘lgan fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Bu jarayonda ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirining samarali usullar va manbalarini qidirib topib hayotga tatbiq qila boshlaganlar. Buning natijasida tarbiya haqidagi g‘oyalar paydo bo‘la boshladi. Bu jarayonda sharq mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo‘shgan xissalari cheksizdir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi g‘oyalar eramizdan oldin VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida Zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi “Avesto”da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Islom ta’limotning haqidagi g‘oyalarning ahamiyati kattadir. Qur’oni karim va xadisi shariflarda, musulmon ahlining dunyo qarashi, falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi. Har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo‘llari bayon qilingan. Tarbiya haqidagi g‘oyalarning shakllanishida Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va ko‘p boshqa allomalarimiz xizmatlari kattadir. Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli foydalanilmoqda va shu barobarida pedagogika fani yangi g‘oyalar evaziga boyimoqda. Tariximiz oydinlashgani sari ota-bobolarimiz insonning ma’naviy olamini, ichki dunyosini bilish, tushunish bobida hozirgi avlodlarga nisbatan nechog‘li oldinda ekanligi, biz esa usha boylikdan tamomila bebahra qolganimiz ma’lum bo‘lyapti. Endigi vazifa-dunyoviy bilimlarga,yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan komil insonni tarbiyalash bo‘lar ekan, ma’naviy qadriyatlarimizni bugungi avlod mulkiga aylantirish, ajdodlarimizning an’ana va tajribalarini o‘rganish juda muhim. Talabalarning qobiliyatlarini va mahoratlarini rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishni kengaytirish, insonparvarlik, mehr-muruvvat hislarini tarbiyalash, diyonatni asrash, mehr-oqibatni mustahkamlash, nutq madaniyatini, taraqqiyotini o‘stirish, ahloqiy-estetik kamolotga yetkazish, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdirishda pedagogika fanining roli benihoya kattadir. Download 26.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling