1-mavzu: polimerlarning zanjirli tuzilishi, turlari va xossalari. Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik


Download 250.32 Kb.
bet5/13
Sana23.02.2023
Hajmi250.32 Kb.
#1224523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Полимерлар

Segment - zvenolar (s ta zvenoning) ketma-ketligi bo’lib, unda zvenolarning burchakli orientastiyasi turlicha bo’lishi mumkin. Polimer zanjirining termodinamik egiluvchanligini, aynan, uning statistik segmenti yoki Kun statistik segmenti kattaliklari bilan ifodalanadi.

I.1.3 - rasm. Real polimer g’ujanagining erkin ulangan Kun g’ujanagi sifatida ifodalovchi chizma. Segmentlar vektor chiziqlar bilan ifodalangan.

Real zanjirning to’liq uzunligi ekvivalent zanjir­ning to’liq uzunligiga teng deb olinsa, zanjirning kontur uzunligi (L) quyidagiga teng bo’ladi:
L = NA (I.1.1)
Erkin ulangan zanjir modeliga quyilgan ikkinchi zaruriy shartga muvofiq real va ekvivalent zanjirlarning oxirlarini (uchlarini) tutashtiruvchi masofa (h) bir xil bo’ladi. Polimer zanjirining strukturaviy holatini baholashda h muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, makromo­lekulaning yoyilganlik darajasi quyidagicha ifodalanadi:
= hL (I.1.2)
Polimerlar statistik fizikasining rivojlanishi erkin ulangan zanjirlar uchun Gauss taqsimotini tuzishga imkon berdi. Bunga muvofiq, zanjirlarning uchlari (oxirlari) bir-biridan ixtiyoriy masofada bo’lish ehtimolligini baholash va ushbu masofaning ehtimolli miqdorini topish uchun taqsimot funksiyasi tuzildi:
W(h)dh  (412)(32NA2)32exr(-3h22NA2)h2dh (I.1.3)
bu yerda W(h)dh - molekulalar ansamblidan tanlangan, uzunligi A bo’lgan N ta segmentdan iborat zanjirning uchlari orasidagi masofasi h va dh orasida bo’lishi ehtimolligini ifodalaydi.
Ushbu taqsimot funksiyasi bo’yicha tuzilgan umumiy grafik I.1.4- rasmda keltirilgan. Bunda, zanjirlar uchlari orasidagi masofa juda keng chegarada o’zgarishi ko’rinib turibdi.
Zanjirli molekulaning uchlari orasidagi masofa eng kichik bo’lganda, makromolekula sharsimon (globula) o’ralgan gujanak konformatsiyani egallaydi. Bunda polimerning zichligi uni quruq holatdagi zichligiga yaqin bo’ladi. Makromolekulaning bunday shaklni egallash ehtimolligi juda kichikdir, chunki bu shakl faqat birgina konformastion holatga tegishlidir.
Ikkinchi cheklangan, yagona ehtimollikka ega konformatsion holatga zanjir uchlari orasidagi masofa eng katta bo’lganda, ya’ni h zanjirning kontur uzunligi L ga yaqinlashganda erishiladi. Bunday holda makromolekulaning konformatsiyasi qattiq tayoqcha deyiladi va zanjirning ko’rinishi maksimal cho’zilgan, sirti egri-bugri saqlangan holda bo’ladi.

I.1.4- rasm. Zanjirli molekula uchlarining bir-biridan turli xil masofalarda (h) bo’lishi ehtimolligi.



Mavjud bo’lish ehtimolligi eng katta bo’lgan konformatsiya bu makromolekulaning statistik g’ujanak holati bo’lib, u doimiy ravishda o’zining shakli va o’lchamlarini o’zgartirib turadi. Bunga sabab, konformatsiyaning turlicha o’zgarishining ehtimolligi kattaligidadir.
Stereoregulyar polimerlarda yon radikallarning faol ta’sirlanishni namoyon qilishi makromolekula konformastion holatining ehtimolligi h miqdori bilan baholashni qiyinlashtiradi. Bu hol spiralsimon konformatsiyaga ega bo’lgan polimerlarga, shuningdek, ichki molekulyar vodorod bog’lari hosil qiladigan yuqori molekeulyar birikmalarga, jumladan, polipropilenlar, poliamidlar, oqsillar va boshqalarga tegishlidir. Bularni inobatga olib, konformastion holatlarni hisoblash uchun zanjirlarning uchlari orasidagi masofani, ya’ni h o’rniga uning <h2>12 o’rtacha kvadratik miqdoridan dan foydalanish qulay va uni (I.1.3) formuladan quyidagicha topiladi:
2>12  AN12 (I.1.4)
Shunday qilib, zanjirning uchlari orasidagi masofaning o’rtacha kvadratik qiymati segmentlar sonining kvadrat ildiziga mutanosibdir. Tajribalarda polimer zanjirining o’lchami sifatida, uning o’rtacha kvadratik radius inersiyasi <r2> aniqlanadi va bu parametr 2>12 bilan quyidagicha bog’langandir.

Download 250.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling