1-mavzu: polimerlarning zanjirli tuzilishi, turlari va xossalari. Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik


Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik va qattiqlik


Download 250.32 Kb.
bet3/13
Sana23.02.2023
Hajmi250.32 Kb.
#1224523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Полимерлар

Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik va qattiqlik.
Konfiguratsiya - bu atomlarning molekuladagi aniq tartibli fazoviy joylashishini ifodalovchi tavsifidir. Konfiguratsiya issiqlik harakatlari tufayli o’zgarmaydi va ma’lum barqaror makromolekulyar izomerlarni namoyon qiladi.
Tsis- va trans-izomerlar zanjirning qo’sh bog’lariga nisbatan o’rinbosarlarlarni joylashishini xarakterlaydi.
a - c - b a - c - b
║ ║
a - c - b a - c – b
tsis-izomer trans-izomer
Polimerlarda atomlarning tsis- yoki trans- izomerlar holida joylashishi qo’sh bog’ tutgan har bir qaytariluvchi zveno uchun xarakterlidir. Bu makromolekulani butun strukturasiga ta’sir etadi va bir zanjirning o’zi ham tsis- yoki trans- izomeriyalarda bo’lishiga qarab turli xossalarga ega bo’ladi. Masalan, tabiiy kauchuk va guttaperchalar kimyoviy tarkibi bo’yicha mutloq bir xil, ammo izomeriyasi har xildir.
Tabiiy kauchuk (tsis-)
CH3  0,816 nm  CH3
 
-CH2-CH2-C=CH-CH2-CH2-CCH-CH2-CH2-
 
CH3 CH3
Guttapercha (trans-)
CH3  0,48 nm  CH3
 
-CH2-CH2-CCH-CH2-CH2-C  CH-CH2-

Bu yerda ko’rinib turibdiki, qaytariluvchi monomer guruhi bir xil yo’nalishda orientirlanmagan. Tsis-izomeriyada monomerdagi metil guruhi 0,816 nm dan so’ng, va trans-izomeriyada 0,48 nm dan keyin uchrayapti. Shu tufayli, har xil konfiguratsiyali zanjir har xil xossaga egadir: guttapercha - kristall strukturaga ega bo’lib, 50-70 oC larda suyuqlikka aylanadi; tabiiy kauchuk - elastomer bo’lib, past temperaturalarda ham o’z xossasini saqlab qoladi.


Konfiguratsiyaning yana bir muhim turi - optik izomeriyalardir. Bu izomeriya makromolekulada asimmetrik uglerod atomi mavjudligi hisobiga namoyon bo’ladi.



Download 250.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling