1-Mavzu: poyaning tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Stelyar nazariyasi. Ma’ruza rejasi


Download 1.47 Mb.
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1024687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MA`RUZA.Poyaning tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi.

Poyalarning anatomik tuzilishi. Poyalarning anatomik tuzilishi bajaradigan vazifasiga kо‘p jihatdan bog‘liq bо‘ladi. Poyada о‘ta murakkab tо‘qimalar sistemasi rivojlanib barcha organlarni о‘zaro bog‘laydi. Mexanik tо‘qimalar poyaning tayanchi hisoblanadi. Poya va novda doimo о‘sib yangi organlarni hosil qilib turadi, shuning uchun ularning о‘sishini “ochiq” sistema deb qaraladi.
Poyada ham ildiz kabi meristemalar tizimi mavjud bо‘lib, poyaning bо‘yiga va eniga о‘sishini ta’minlaydi. Lekin poyaning apikal meristemasidan tо‘qimalar doimo ketma-ket akropetal ravishda hosil bо‘lmaydi va shu bilan ildizdan farq qiladi. Bu holatni shunday tushuntirish mumkin, poyaning apeksida ketma-ket boshlang‘ich barglar paydo bо‘lib, erta bо‘g‘imlar shakllanadi, lekin bо‘g‘im oraliqlarini rivojlanishi esa kechikadi. Kо‘pincha yosh bо‘g‘imlar asosidagi interkalyar meristemaning qoldig‘idan hosil bо‘ladigan doimiy tо‘qimalar va bо‘g‘im oraliqlarining о‘sishi ancha uzoqqa chо‘ziladi. Masalan, bir urug‘pallali о‘simliklarda apikal meristemasi juda erta tо‘pgul hosil qilishga sarf bо‘ladi, poyaning о‘sishi interkalyar meristema hisobiga bо‘ladi. Shunday qilib о‘simlik poyasiga: apikal, yon va interkalyar meristemalar tizimi xosdir.
Poyalarning apikal meristemasidan protoderma va prokambiy tо‘qimalari hosil bо‘ladi, ulardan keyinchalik epiderma va о‘tkazuvchi tо‘qimalar paydo bо‘ladi. Sо‘ngra prokambiy bilan protoderma oralig‘idagi meristema poyaning birlamchi pо‘stlog‘iga aylanadi, prokambiydan ichkaridagi asosiy meristemadan poyaning о‘zagi hosil bо‘ladi. Poya о‘sa boshlaganda apikal qismidagi birinchi barg boshlangichi (primordiya) bilan bir tekislikda initsial hujayralarning doirasi kо‘rinadi va undan prokambiy paydo bо‘ladi. Prokambiyning xolatiga barg boshlangichlari kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Prokambiy poyaning apikal qismida turlicha: xalqasimon yoki grux-grux bо‘lib, joylashishi mumkin.
Poya birlamchi meristemalarning faoliyati natijasida birlamchi tuzilishga ega bо‘ladi. Poyaning birlamchi tuzilishi uzoq vaqt saqlanishi mumkin, agar prokambiydan ichkarida kambiy hosil bо‘lmasa: agar poyada kambiy paydo bо‘lsa undan ikkilamchi tо‘qimalar hosil bо‘lib, poya ikkilamchi tuzilishga о‘tadi. Poya yо‘g‘onlashib borgan sari epiderma va birlamchi pо‘stloq hujayralari о‘lib, о‘rniga ikkilamchi koplovchi tо‘qima periderma paydo bо‘ladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling