1-Mavzu. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida Psixodiagnostika haqida umumiy tushuncha


Download 35.67 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi35.67 Kb.
#1245951
  1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida Psixod


1-Mavzu. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida


1. Psixodiagnostika haqida umumiy tushuncha. Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan odamning amaliy faoliyatiga ta’sir qilish imkoniga ega. Mana shunday usullardan biri, bu har xil toifadagi odamlarga psixologik yordam kо‘rsatishdan iboratdir. Ammo, psixologiya yordam kо‘rsatish uchun avvalo ulardagi psixik о‘zgarishlar sabablarini va unga ta’sir kiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug‘iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda metodikalariga murojaat qilamiz. О‘z-о‘zidan savol tug‘iladi: «Psixodiagnostika» atamasi nimani anglatadi va u nimalarni о‘rganadi hamda uning nazariy va amaliy vazifalari nimalardan iborat?
Psixodiagnostika” atamasi “psixologik tashxis qо‘yish” degan ma’noni anglatib, shaxsning ruhiy holatida tо‘liq yoki biror bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda “tashxic” shaxsning taraqqiyot kо‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asarining chop etilishidan sо‘ng psixiatriyada tarqalgan bо‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshlandi. «Diagnoz», yani «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarini aniq taraqqiyot darajasini aniqlash, demakdir1.
Psixodiagnostika - bu maxsus bilimlar sohasi bо‘lib, individ yoki guruhni psixologik taraqqiyot kо‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodika va metodologiyalar nazariyasi ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixodiagnostika baholash obyekti, psixologiya fani о‘rganayotgan har qanday jarayon bо‘lishi mumkin. Masalan, о‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning bir-biri bilan kechayotgan xatti-harakati va muloqotida yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayon bilan tugatish mumkin.
Psixodiagnostika fani psixologiya tarmoqlaridan biri bо‘lib, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab о‘lchash, ya’ni hisoblab chiqaruvchi metodlarini о‘rgatuvchi fandir.
Psixodiagnostika - shaxsning individual-psixologik xususiyatlari farqlarini (aniqlab о‘lchaganda) har xil metodlar bilan aniqlab о‘lchasa-da, keyinchalik proyektiv metodlar, sо‘rovnomalar paydo bо‘lishi jarayoniga asos bо‘lib qoldi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning rivojlanishida nazariy jihatdan metodikalarning kamligi kо‘rinib qoldi. Psixodiagnostikaga matematik-statistik metodlar va korrelyatsiya hamda tadqiq qilish, faktorli analiz paydo bо‘lishi va takomillashuvi, psixometrik tadqik qilishning amaliy jihatdan juda kо‘p turlari bor. Masalan, tibbiyot diagnostikasi kasalning kelib chiqishini о‘rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika - har xil texnika tizimlari, elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni bartaraf qilishni о‘rgatadi; sport diagnostikasi - jismoniy jarayonlarning о‘zgarish holatlarini о‘rganadi va aniqlaydi; psixologik diagnostika shaxs yoki guruhlarning psixik xususiyatlari, holatlari va taraqqiyot kо‘rsatkichlarini aniqlab, sifatli va miqdoriy jihatdan о‘lchab beradi.

Download 35.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling