1. Mavzu. Psixodiagnostika predmeti, maqsadi, vazifalari. Reje


Psixodiagnostik tadqiqotlarning vazifalari va xususiyatlari


Download 26.29 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi26.29 Kb.
#211781
1   2   3
Bog'liq
1.Tema

Psixodiagnostik tadqiqotlarning vazifalari va xususiyatlari Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun etakchi faoliyat turining tásiriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga boǵliq ravishda bázi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning óz maqsadlari va vazifalarini talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalar yordamchi xarakterga ega bolib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qóllaniladi. Bunda tálim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda (faoliyatda, muloqotda va boshqalarda) shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini tuzishda hisobga olinadi.

Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, boǵchada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasi tuzishda foydalanilishi mumkin. Óqituvchi óz ishida doimo bolalar psixofiziologik masalalari bilan tóqnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina emas (masalan, chorakning oxiriga kelib óquvchilarning ózlashtirishi kabi), balki u yoki bu jism oniy va ruhiy sifatlarning rivojlanish istiqbollarini aytib beradigan natijalar qiziqtiradi. Maktabgacha tálim muassasalarida boshlanǵich sinflarda psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: 1 .Diagnostika uchun zarur málumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining bázi belgilarining kórinishini órganish maqsadida tadqiqot olib boriladi.

Tadqiqotda olingan máIumotlar yordamchi xarakterga ega bolib, bola xulqatvorining haqiqiy xususiyatlari. uning psixik funktsiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda namoyon boladi. Masalan: darsda bola diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga tóplashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalǵishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq-atvorning kórsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari ierarxiyasining (bosqichma-bosqich) ózgarishi natijasi bolishi mumkin. Bunda óqituvchi shaxs nonormal holati kórinishlaridan biriga miya etishmovchiligining funktsional belgilariga duch keladi. lkkala holatda ham u yoki bu óquvchining ózlashtirishi va intizomi pasayishi tashqaridan sezilsa-da, psixodiagnostik tadqiqotlarda órganilayotgan ózgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bolishi psixologik holat belgilari ham órganiladi.

Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik funktsiyalari rivojlanish darajasining, aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va málumot bilan ózaro bogliqligini órganish uchun ham ótkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada máIum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir. 2.Psixik taraqqiyot ózgarishini órganish uchun zarur málumotlarni tóplash . Agar «kóndalang kesim » metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot máIum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, yáni psixik funktsiyalar rivojlanishining dolzarb zonasini aniqlaydigan bólsa, «uzunasiga kesim» (longityud) psixodiagnostik tadqiqotlarida bola psixik taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishda, yáni tálim va tarbiya jarayonida órganiladi. Óyin va óqish faoliyatida juda kóp marta ótkazilgan eksperimental-psixologik tadqiqotlar bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishiga muayyan faoliyatning tásir kórsatkichi bólishi mumkin.

Bolada ótkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga ega, chunki qóllanilgan metodlarning óquv-tarbiyaviy tásirini hisobga olgan holda shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. 3.Aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yordamchi maktabda óqishi haqida masala hal bolayotganida tibbiy pedagogik hay'at (komissiya) yordamidan foydalanish mumkin. 4.Bolalarda paydo bolgan etarlicha órganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot ótkazish. Vazifa bunday kóyilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala bóyicha katta guruhlarda tadqiqotlar ótkaziladi. Bu erda olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 26.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling