1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi
Download 1.08 Mb.
|
Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.BOLIM. PSIXOLOGIYAGA KIRISH 1-MAVZU. PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI ВА МЕТОДЛАРИ Dars rejasi
- Dars maqsadi
- Psixologiyaning predmeti
- Psixologiya
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN MA’RUZALAR MATNI (5120100 – Matematika III-kurs talabalari uchun) Tuzuvchi: Kuchkarova F. SH. Shoniyazova I. SAMARQAND – 2020 1.BO'LIM. PSIXOLOGIYAGA KIRISH 1-MAVZU. PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI ВА МЕТОДЛАРИ Dars rejasi: Psixologiyaning predmeti va psixologiyaning fan sifatida shakllanishi Miya va psixika Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari Psixika va ongning taraqqiyoti Dars maqsadi: o’rgatuvchi: talabalarga психология фанининг мақсади ва вазифалари, психика ва унинг физологик асослари, мутахасислик ва психологиянинг ўзаро боғликлиги тўғрисида ma’lumot berish. tarbiyalovchi: фаолияи маҳсулдорлигиmilliy urf-odatlar, qadriyatlar va xalq milliy merosi namunalaridan tarbiyaviy vosita sifatida foydalanish. rivojlantirish: talabalarning pedagogik muloqot ko’nikmalarini oshirish. Psixologiyaning_predmeti'>Psixologiyaning predmeti Inson mavjud ekan, u o’z hayotiy tajribaciga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o’ziga o’zi hisob beradi. Biz kunda qushlarning sho’x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson nutqini, uchib o’tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o’rab turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko’ramiz. Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog’liq. Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; - shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat. Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi: Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling