1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi
Download 1.08 Mb.
|
Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘smirlarning intelektual rivojlanishi. Nutqning rivojlanishi.
O‘smirlik krizisi Bu davrga kelib bola organizmi jadillik bilan va nomuttanosib usadi. Bu o‘sish ba’zan bolaning o‘ziga emonrok xis qilishga va ayrim fiziologik kasalliklarni kelib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu xolatlarning barchasi bolani tashvishga soladi va uning asabiylashiga olib keladi. Uzini katta bulib uzgartiraetganini xis kilgan usmirda endi kattalar xayoti bilan yashash extieji yuzaga kela boshlaydi. O‘smir o‘zini kattalardek tutishga katta bo‘lib qolganini ko‘rsatishga xarakat qila boshlaydi. Juda ko‘pgina o‘smirlar bu davrda chekish xamda spirtli ichmliklarga kizikib koladilar. Katta odam chekuvchi ichuvchi singari yangi rolda uzini normal yaxshi xis kilmagan usmir juda kattik tashvishga tushadi va undan krizis xolati yuzaga keladi. SHuningdek bu krizis usmirning ma’naviy usishi shuning psixikasidagi uzgarishlar bilan xam boglikdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavkei uzgaradi uzining yakinlari dustlari tengdoshlari bilan yangi munosobatlar yuzaga keladi . Lekin eng katta uzgarish uning ichki dunesida yuzaga keladi Usmirda aks xollarda uziga konikmaslik xolati kuzatiladi. Uzi xakidagi mavjud fiklarning bugun undan sodir bulaetgan uzgar shlarga tugri kelmaetganligi usmirni ikkinchi tomondan tashvishlantirib asabiylashiga sabab buladi. Bu esa bolada uzi xakida salbiy fikr va kurkuvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi usmirlarni nima uchun atrofdagilar kattalar ko‘pincha ota onasiga kmrish chiqayotganin anglay olmayotganligini tashvishga soladi. Bu xolat xam o‘zlarini ichidan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi. Kattalarning bu davrdagi eng asosiy vazifalari o‘smirning muammosini to‘g‘ri anglashi va erkin to‘g‘ri yashashiga yordam berishidair.
O‘smirlarning intelektual rivojlanishi. Nutqning rivojlanishi. O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiy va jamiyatdagi narsa, voqea va xodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof – borliqni aks etirilishi bilan bir qatorda inson dunyo qarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O‘smirni ko‘pincha muomilada so‘zlarni ishlatish qoidalari – «Qanday qilib to‘g‘ri yozish kerak?», «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?» kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota–onalar nutqidagi kamchiliklariga juda tez e’tibor beradilar, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatoliklariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xotoliklarni bir muncha barham toptirishlariga olib keladi. O‘smir so‘zlarining kelib chiqish tarixiga, ularni aniq mazmuni va moxiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki zamonaviy katta odamlar singari so‘zlarni tanlashga xarakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi albatta namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq xam og‘zaki , ham yozma mavjud bo‘lishi bilan ham kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilish va amalga oshirilish bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga xarakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga extiyoj va intilish hisoblanadi. O‘smirlik davrda o‘qishva yozma monologik nutq ham jadal rivojlanadi. 5–sifndan boshlab to 9–sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki muloxaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. YOzma nutq ham yaxshilangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5–6 –sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun rejasini tuza oladilar va rejaga amal qila oladalar. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling