1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi


Download 1.08 Mb.
bet18/147
Sana24.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1058679
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147
Bog'liq
Psixologiya

2-MAVZU. SHAXS VA FAOLIYAT.
REJA:

  1. Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida

  2. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs.

  3. Ijtimoiy tasirlarning shaxs tomonidan anglanishi. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.

  4. Shaxs faolligi va faoliyat turlari

  5. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi



2.1. Shaxs — ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida. «Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» — «aqlli zot» tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra, ijtimoiy-sosial omillar ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham xar bir individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o’rganishni taqozo etadi.
Sosial yoki ijtimoiy muhit — bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqyeini bilish zarur. Shaxsni o’rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqyei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak.
Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o’zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi.
Nativizm yo’nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug’ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar.(Lens, Gruber va boshqalar).
Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug’ilgan bola go’yoki «top-toza paxta»(tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o’zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so’zsiz bo’ysunishga majbur. Bu yo’nalishning asoschilaridan biri Dj. Lokk bo’lib (1632 — 1704) uning fikricha, tug’ma fikrlar yoki g’oyalar bo’lishi mumkin emas, ular xoxish-tilak va og’riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Xayotda ana shunga o’xshash turli xil sezgilar va g’oyalarning assosiasiyasi ro’y beradi.
G. Leybnis (1646—1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o’zi bo’lmaydi, xattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar bo’ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida ma’lum rol o’ynaydi. Bu ikkala yirik yo’nalish o’rtasidagi tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida F. Galton qator eksperimental tadqiqotlar o’tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini « egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat qildi. 2-jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan keltirilgan.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling