1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi


Download 1.08 Mb.
bet30/147
Sana24.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1058679
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147
Bog'liq
Psixologiya

Stereotipizasiya — grekcha o’zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildiradi. Stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo’lgan voqyealarni tiklash, nisbat berish yo’li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izoxlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida noto’g’ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o’tkazilgan suhbatga ko’ra, kishining tashqi qiyofasi va uning harakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So’ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko’rinishga ega bo’lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo’ysunmas harakterga ega. 5 kishi bo’yi o’rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o’zini sevuvchi kishilar bo’ladi deb ta’kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o’rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot bunga misol bo’la oladi. 400 o’qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 salbiy xunuk, yokimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki harakterini ta’riflash so’ralgan edi. Afsuski baholarning subyektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog’liqdir.
Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to’g’ri emas, lekin kishilar ongida avlovdan-avlodga o’tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi malumot katta rol o’ynaydn. Masalan, o’sha Bodalev talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko’rsatib, birinchi guruhda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu – davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini so’ragan. Ko’rsatmalar har xil bo’lganligi sababli berilgan ta’riflar ham har xil bo’lgan. Birinchi guruhdagi talaba­lar bu odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, g’amxo’r, aqlli bo’lsa kerak deyishgan bo’lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat, makkor, qat’iyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko’zlarni dono, muloyim deyishgan bo’lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan.
Shunday qilib, ijtimoiy persepsiya yoki odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok qilish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo’lib, unda muloqotga kirishayotgan tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham obyekti, ham subyekti bo’lib faoliyat ko’rsatadilar. Idrokning obyekti sifatida shaxs qaralganda, unda hosil bo’ladigan «boshqa odam obrazi»ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo’lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o’sha odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o’zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida suhbatdoshga eng ko’p ma’lumot beradigan obyektdir. Shuning uchun ham telefonda suhbatlashgandan ko’ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
Odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok qilishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy bilish (idroq sezish) sohasiga aloqador bo’lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita taalluqli bo’lib, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to’g’ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadn, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya – birovlarning his-kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo’ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, «ko’pni ko’rgan» shaxsgina boshqalarni to’g’ri tushunishi, ularning mavqyeida tura olishi mumkin.
Aniq va to’g’ri tushunishga taalluqli qonunnyatlarga quyidagilar kiradi:
1. Boshqa odam haqidagi ma’lumotning miqdoriy tomoni. Birinchi bor to’qnashgan odamlarda bir-birlari haqild faqat birlamchi tasavvurgina hosil bo’lishi mumknn. Amerikalik tadqiqotchilar talabalarga boshqa talabalarga baho berish topshirig’ini berishgan. Baholar birinchi to’qnashuv natijasiga ko’ra, bir haftadan keyingi qayta to’qnashuv natijasida va ikki haftadan keyin tekshirilgan. Ma’lum bo’lishicha, eng aniq tasavvur ikki haftalik tanishuvdan keyingina paydo bular ekan.
2. Ma’lumotlarni olish tartibi. Boshqa odam haqida berilgan ma’lumotga asosan unda o’sha odam haqida muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni qayta qurish, o’zgartirish ancha mushkul.
3. Normal intellektning bo’lishi. Intellekt juda yuqori bo’lganda ham, juda past bo’lganda ham boshqa odamni to’g’ri tushunish qiyin.
4. Maxsus tayyorgarlikning bo’lishi. Mutaxassislar 5 kursda o’qiyotgan psixolog talabalar bilan portret chizadigan rassomlarning boshqalarga bergan baholarini solishtirishlari natijasida rassomlarning baholari ancha aniqroq bo’lib chiqqanining guvohi bo’lishgan.
5. Hissiy holatlarning ta’siri. Nurrey degan olimning tadqiqotlarida turli emosional holatni boshidan kechirayotgan shaxslarga boshqa odamni baholash topshirig’i berilgan. Bir seriyada tekshiriluvchilarga elektr toki bilan ta’sir etib turib, boshqa odamning rasminn baholashni tavsiya etishganda, baholanayogan shaxsda johillikka yaqin sifatlar ham borligi aytilgan. Yaxshi emosional holat boshdan kichirilayotgan seriyada esa o’sha odamda asosan yaxshi sifatlar qayd etilgan.
6. Shaxsning ochiqligi. Kundalik muloqotda ochiq, samimiy odam bilan tund, pismiq odam baholari o’rtasida sifat farqlari aniqlangan. Bundan tashqari, odamning muloqot tajribasining boyligi ham uning boshqalar haqidagi tasavvurlarining aniq bo’lishini ta’minlaydi.
Demak, yuqoridagi barcha qonuniyatlarni hisobga olgan holda, shaxs tarbiyasi bilan shug’ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, ayniqsa, bo’lg’usi psixologlar uchun muhimki, ular o’z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan nihoyatda o’tkir didlilik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan holda ularni to’g’ri tushunish malakasi talab qilindi. Bir so’z bilan aytganda, bu muloqotdagi bilimdonlikdir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling