1-mavzu: Psixologik maslahat: shakl va usullari


Psixologik maslaxat ko‘rsatish sabablari: rejali, muammoli, krizis va boshqalar


Download 247.46 Kb.
bet2/4
Sana20.09.2023
Hajmi247.46 Kb.
#1683132
1   2   3   4
Bog'liq
EPWMnfxuAwSBhlCxylW2sTiy5KmH8qpiFMeIcbjS

Psixologik maslaxat ko‘rsatish sabablari: rejali, muammoli, krizis va boshqalar
Psixologik maslaxatdagi turli yondashuvlar metodologiyasi zamonaviy psixologiyaning asosiy izlanishlari psixoanalitik, bixeviorizm yoki ekzistensial-gumanistiklardan biriga ularning aloqadorligiga kо‘ra aniqlanadi.
О‘z navbatida psixoanalitik nazariyasiga asoslanuvchi psixolog maslaxatchi mijozning ruhiy hayotini uch xil nuqtai-nazardan talqin qiladi:
-dinamik (turli psixik kuchlar nizosi va о‘zaro ta’sir natijasi sifatida); -iqtisodiy (uning energetik tavsifnomasi yig‘indisi sifatida);
-topik (psixikaning tuzilmaviy tuzilishi nuqtai nazaridan). Shu о‘rinda psixoanalitik maslaxatchi mijozga ichki nizolarning tabiati va sabablarini anglashga yordam berishi uning “Men” ini kuchaytirishni va uni “Oliy Men” va “U” dan birmuncha mustaqil bо‘lishini ta’minlashni о‘zining asosiy vazifasi deb biladi. Buning uchun u mijoz bilan ishchi ittifoqqa erishishi u bilan uning qarshiliklari va munosabatini о‘rganib chiqishi, nomaqbul xilma xil mexanizmlari harakatini bartaraf qilishi zarur hamda turli xil komplekslarni namoyon bо‘lishini anglash mumkin. psixoanatilikaga yо‘nalgan maslaxatning aksarit texnikalaini asosi sifatida “erkin assotsiatsiya” kо‘rib chiqiladi.
Bixiveorizm yondashuvi tarafdori bо‘lgan maslaxatchi eng avvalo mijozning xulq-atvori ustida ish olib boradi. Uning vazifasi naniq kо‘p ma’noli sо‘zlar orqali ifodalangan psixologik muammoni obyektiv kuzatish imkoni mavjud bо‘lgan xulq-atvor harakatlariga kо‘chirish.
Bixeviorist maslaxatchi mijozning streotip xulq-atvori noadekvatligini kо‘rsatib berib, u bilan birga maqbul xulq-atvorni modellashtiradi va zarur malakalarni shakllantiradi. Psixologning nazorati ostida reja asosida va qat’iyat bilan amalga oshiriladigan qо‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlarning aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Insonparvarlikka yо‘nalgan maslaxatchi ikkita muhim postulatga (haqiqatligi asos qilib olinadigan qoida) tayanadi:
1.Insonlar о‘zini о‘zi nazorat qiladi, ularning xulq-atvori о‘z tanlovini amalga oshirish qobiliyati qanday fikr yuritish va qanday yо‘l tutish tanlovi bilan detirminatsiyalashgan.
2.Har bir insonda о‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga shaxsiy (rivojlanishga) taraqqiyotga tug‘ma ehtiyoj mavjud garchi muhit bu taraqqiyotga yо‘l bermasligi mumkin. Ushbu tamoyillaridan kelib chiqib maslaxatchi mijoz shaxsiga doir о‘zgarishni amalga oshirishda yordam berishni va uni muhim qaror qabul qilayotgan vaqtda qо‘llab-qо‘vvatlashni о‘z vazifasi deb hisoblaydi.



Download 247.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling