1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 467.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana04.04.2023
Hajmi467.83 Kb.
#1325281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza

2. Psixologiyaning vazifalari  
Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan 
iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy turmushning 
barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, ularga muayyan darajada tasir 
o’tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o’laroq o’z tatbiqiy 
maъlumotlari, natijalarining ko’pqirra, ko’pyoqlama ekanligi bilan tubdan 
ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko’rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada 
o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni 
o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik jarayonlari, funktsiyalari, 
holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda 
o’z aksini topadi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy xislati, xususiyati, sifati, 
xuquqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va 
takomillashtirsh, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi 
tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida in son 
munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi 
haqida ilmiy-tatbiqiy maъlumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi 
rang-barangligini taъminlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, 
shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, takomillashtirsh, rivojlanish 
dinamikasini taminlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati 
borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining 


sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi 
(huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo 
psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, 
sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z 
predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psixolog, 
oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o’z 
ichiga qamrab olgan. 
Alohida takidlab o’tish kerakki, psixologiya fani ko’hna tarixga ega bo’lishga 
qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi 
V.Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos 
solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. 
Shuning uchun refleksiyani (lotincha reflexus o’zining ruhiy holatini tahlil 
qilish degani) ilmiy jihatdan o’rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga 
kiritish davri (mavridi) keldi. 
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan 
bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi 
aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi 
sohalar bo’yicha to’plangan maъlumotlar, qonuniyatlar birlashuvining 
mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, 
ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo’lishidan qatъi nazar, u alohida xususiyatga 
ega bo’lgan mustaqil fandir. Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati, 
muayyan taraqqiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari, o’ziga xoslik, 
alohidalik, yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritiladi. Psixologiya fanini 
tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniqlashdan ko’ra ilmiy va 
kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat to’g’risida mulohaza 
yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, har qanday fan negizida 
odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini topgan 
bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning 


zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga 
suyanadi, matematika fani sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik 
shakllarning xossalari, trigonometrik funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari 
asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar 
yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki uning zamirida tubdan boshqacha 
o’ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs kundalik turmushning o’ziga xos 
psixologik bilimlarini egallagan bo’lib, o’z saviyasi, salohiyati bilan turlicha 
kamolot ko’rsatkichiga egadir, hatto turmush tajribasida to’plangan bilimlar 
ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (qari bilganni pari 
bilmas). Chunki, yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, 
muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), shifokorlar, 
o’qituvchilar, ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan 
muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid 
bilimlar bilan yuksak darajada qurollangandirlar. Har bir insonda ozmi yoki 
ko’pmi psixologik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir -
birlarini tushunishlari, tasir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan 
bashorat qilish, kishining yakka xususiyatlarini hisobga olgan ho lda unga 
yordam ko’rsatishni takidlab o’tishning o’zi kifoya. 
«Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan - «psyche» - jon, ruh va «logos»- 
ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga 
aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha 
qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-
o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va 
shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning 
predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson 
ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda 
aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa 
ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan 
yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy 


olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz 
ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning 
bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga 
aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, 
o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini 
oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir 
ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda 
tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi 
narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin 
psixikaga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y 
berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan 
biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u 
yoki bu hatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan 
his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz 
bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan 
shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga 
xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa turli hodisalardan farq 
qiladi.
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar 
murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni 
o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish 
mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, 
mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari 
bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi.
Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - 
atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik 
xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan 
ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo’ladi; shaxsning faoliyati 
jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi.



Download 467.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling