1-Mavzu: Psixologiya fanining predmeti, va rivojlanish tarixi
Download 222.92 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg`ulot
• umumiy psixologiya - psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini va ularning
o‘ziga xos jixatlarini o‘rganadigan maxsus soxasi; • pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi; • yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi; • ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar. e’tiqodlar hissiy kechinmalar va xulq-atvorini o‘rganadi; • mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o‘rganadi; • muxandislik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam - texnika o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi; • yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq masalalarning psixologik asosllarini o‘rganadi; • harbiy psixologiya - kishining harbiy xarakatlar sharoitida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o‘rtasidagi munosabatlarining psixologik jixatlarini o‘rganadi; • savdo psixologiyasi – jamiyatdagi - tijoratning psixologik shart-sharoitlari, extiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu soxadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o‘rganadi; Tibbiyot psixologiyasi bemorning xulq-atvori va vrach faoliyatining psixologik tomonlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq sistemasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni qarab chiqadi. Harbiy psixologiya – jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq- atvorini, boshliqlar va ularga itoat qiluvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar psixologik tomonlarini, «psixologik urush» olib borish metodalrini (propaganda va kontrpropaganda muammolarini), jangovor texnikani boshqarishning psixologik muammolarini va shuning kabilarni tekshiradi. Sport psixologiyasi – sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jixatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o‘zlarini safarbar qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi psixologik parametrlarni (ulchovlarni), musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik faktorlarni qarab chiqadi. Qiyosiy psixologiya – psixologiyaning bu soxasi psixik hayotning filogenetik (nasliy) formalarini tekshiradi. Zoopsixologiya qiyosiy psixololgiyaning bo‘limlaridan biri bo‘lib, xar xil sistematik guruxlarga (tur, jins, oila) mansub hayvonlar psixikasini o‘rgandi. Etologiya – biologiya va psixologiyaning nisbatan yangi soxasi bo‘lib, bu soxa xayvonlar hatti-xarakatlarining tug‘ma mexanizmlarini maxsus ravishda o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti jamoada odamlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o‘rganishdan iborat. Din psixologiyasi diniy tasavvurlar va hissiyotlarni xurofotlarning kelib chiqishi va ularning yengishning psixologik sharoitlarini, diniy jazava (zikr)larni va shu kabilarni o‘rganadi. Sotsial psixolgiyadan so‘ng uning bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxs psixologiyasini (ba’zan differential psixologiya deb yuritiladi) aytib o‘tish lozim. Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini takozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan soxalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir. 1. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti moxiyatini to‘la anglash va uning rivojlanish tendentsiyalarini belgilashdagi o‘rni va axamiyatidan kelib chiqadi. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashnishakllantirish muammosi kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafko‘ra va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda. 2. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muxim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan xam foydalanadi, xam ularning ko‘lami kengayishiga baxoli qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda aloxida axamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. Download 222.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling