1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Berkli, Yung, Myuller, Gelmols


Download 1.52 Mb.
bet28/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Berkli, Yung, Myuller, Gelmols singari olimlar sezgi organlarining "Spesifik energiyasi" nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g`oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat`iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan har qaysi sezgi a`zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri bo`lishidan qat`iy nazar tashqi dunyoning ta`sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda bo`lib turgan real, jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta`sirdan shaxsiy jarayonlarning qo`zg`atuvchisidan turtki oladi, xolos. Mazkur nazariyaga ko`ra har bir sezgi a`zolari o`zining spesifik energiyasiga ega bo`lib, u har qanday ta`sirdan qo`zg`aladi.
AQSHlik psixolog Neffning ta`kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna sanchilsa, huddi shu uchastkada reflektor harakat reaksiyalari kuzatilgan: tomirning hisishi, teri galvanik refleks, goho ko`z harakati, bo`yin muskullarining, taranglashuvchi qo`lning harakat reaksiyasi sodir bo`lishi mumkin.
I.M.Sechenovning fikriga ko`ra jismni ko`z bilan idrok qilish uchun ko`z o`sha narsani "qidirsin", faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga chiqqan bo`ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko`z harakatlari nazariyasi ishlab chiqilgan bo`lib, ular makro va mikro ixtiyoriy va ixtiyorsiz ko`rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi:
Konvergent, divergent, gorizontal, vertikal, parsimon va boshqalar. Ko`z harakati yordami bilan fazoda o`rin almashib turgan jismlarni topish, bilib olish va idenfikasiyalash amalga oshiriladi. Ko`z harakatlari uch jufti tashqi muskullari, ya`ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft nervlari orqali ro`yobga chiqadi, ko`zning makro va mikro harakatlari sezgining mexanizmi rolini bajarish imkoniyatiga ega.
Sezgilarni ob`ektiv yo`nalishi bo`yicha Ye.N.Sokolov, Vinogradovlar tekshirganlar va ular passiv jarayon emasligi, vegetativ elementlar fiziologik nafas olish tizimida o`zgarishga sabab bo`lishini tushuntirib berilgan. Ushbu vaqt reflektor o`zgarishlarni sezgining ob`ektiv ko`rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling