1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Download 1.52 Mb.
bet99/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi.

Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:


1. Didaktik qobiliyatlar. Bu bolaga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatdir.
Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunish qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib, o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi.
2. Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat fan doirasidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o‘quv materialini mutlaqo egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsa-da tadqiqot ishlarini olib boradi.
3. Perseptiv qobiliyatlar – bu psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondoshish, o‘quvchining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
4. Nutq qobiliyati – kishining o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o‘qituvchilik kasbidagi muhim hislatlardan biri hisoblanadi. Chunki o‘qituvchidan o‘quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. O‘qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Qobiliyatli o‘qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy bo‘lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo‘lmasligi lozim.
5. Tashkilotchilik qobiliyati -bu birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
6. Avtoritar qobiliyati - bu o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator shaxsiy hislatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarni ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlarga ham bog‘liqdir.
7. Kommunikativ qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, o‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog I.V.Straxovbenihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda muhimi -o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri - har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirshp, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir
8. Pedagogik xayol — bu kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma’lum o‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi hislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o‘quvchilarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati— bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zining diqqat-e’tiborini o‘quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o‘quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor beradi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashkari,o‘qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy hislatlariga ega bo‘lishi lozim.
U o‘quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o‘qituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
O‘kituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa kilib, shuni aytish joizki, o‘kituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axlok me’yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi hislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, o‘kituvchining tashki kiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. O‘kituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning poqizaligi, saranjom – sarishtaligi, o‘zini chiroyli tutishi kaddi-komati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi taassurot koldiradi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling