1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari
Download 1.52 Mb.
|
psixalogiya maruzalar to\'plami
Abu Nasr Farobiy bolalarni axloqli, nazokatli qilib tarbiyalashda musiqa bilimining ahamiyati haqida bunday deydi: Bu fan shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l-atvori muvozanatni yo‘qotgan bo‘lsa, u tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga yetkazadi va muvozanatli bo‘lganlarni muvozanatini uzoq muddatga saqlaydi. Musiqa ruhni davolaydi, uning sozlarining ta’siri bilan ruhiy quvvatlar o‘z substansiyasiga uyg‘unlashadi va tartibga, muvozanatga keladi”.
Farobiy o‘zining “Iso-al-ulum” kitobining oxirgi bo‘limida: “Inson aqli faqat bilim bilan cheklanmaydi, balki odat va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi va yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin,” -deb yozadi. Uning fikricha, har bir kishi bilimlarni yaxshi egallamog‘i, yaxshi va barkamol tarbiya olmog‘i, eng yaxshi fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Farobiy fikricha, kishidagi tub g‘oya – saodatdir. Tarbiya vositasi bilan bolalarda hosil qilinadigan barcha insoniy, axloqiy fazilatlar shunga qaratilmog‘i kerak. Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta.Xalq urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlik-birodarlik his-tuyg‘ularini rivojlantiradi. Bular o‘z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o‘taydi. Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. G‘amxo‘r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda, bola o‘z xatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi. Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qatorda yaxshi ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi. Konfutsiy: “Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi”degan edi. XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortishida dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik, samimiylik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-muhabbatsingari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda hadislarning roli yanada ortadi. O‘zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik rejasi, bolalarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi. Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar yetakchi o‘rin tutmog‘i lozim (tarbiyada etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim: Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilmagan ta’sirlar tushinilib, ular yordamida bir guruh insonlar - tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga – tarbiyalanuvchilarga ma’lum psixologik sifatlar va xulq- atvor hosil qilish maqsadida ta’sir o‘tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyatini o‘zgartirish uchun qo‘llanilgan harakatlar tushuniladi. Ular qatoriga ta’limning barcha turlarida ishontirish, majburlash, ijtimoiy talablar, tashqi ta’sirlarni va inson harakatlari shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar kiradi. Tarbiya vositalari sifatida o‘ziga xos o‘rinni kompleks, global va har taraflama o‘tkaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, psixoterapiyani, ijtimoiy-psixologik treningni va boshqa psixokorreksiya turlarini ko‘rsatish mumkin. Tarbiya vositasi bo‘lib, tarbiyachining shaxsiy namuna bo‘lishi, atrofdagi odamlarning ko‘rsatayotgan xulq-atvori, xatti-harakati, pedagogik, badiiy, ommaviy va boshqa adabiyotlarda keltirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham hisoblanadi. Insonga ta’sir etib, uning psixologiyasi va xulq-atvorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladi. Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra ikki guruhga: bevosita va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin. Bulardan birinchisi bir odamning boshqasiga bevosita ta’siri, ya’ni bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi hisoblansa, ikkinchisi, qandaydir vositalar orqali o‘tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘zaro aloqa qilmaydi (masalan, kitob o‘qish va b.). Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir: - tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xuquqiy va erkinligining e’tiborga tutilishi: - milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon 1 S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y 44p 3 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 135-136p 4 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 138p 5 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan . 112-113p 6 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan . 111-114p 7 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan . 70p 8 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan . 74p Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling