1. Mavzu: Psixologiya tarixi predmeti va vazifalari. Darsning maqsadi


Download 20.76 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi20.76 Kb.
#1310577
  1   2
Bog'liq
1. Mavzu Psixologiya tarixi predmeti va vazifalari


1. Mavzu: Psixologiya tarixi predmeti va vazifalari.


Darsning maqsadi: Psixologiya tarixi fanining predmeti, vazifasi, maqsadi haqida talabalarda bilim, malaka va kunikmalarni tarkib toptirish.
Tayanch iboralar va tushunchalar: Psixologiya, psixika, jon, ruh
Asosiy qism:
1.Psixologiya tarixi fanining predmeti, maksadi va vazifasi.
2.Psixologiya tarixi fanining rivojlanish bosqichi.
3.Psixologiya tarixining boshqa fanlar bilan aloqasi

Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomoiidan hayvonlarga va insonlarga xos bo`lgan psixik xaet hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin tuplanib borishi tarixidir. Insonning o`zi xaqidagi bilimlarni tuplab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz inson va hayvonlar psixik xayotini urganishga bo`lgan intilish kishilar hayotini har-xil tarixiy bosqichlarda ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan toqazo qilinganligini, ba‘zi konuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki yakkayu-yagona bulgai psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga kutarilganligi haqida ham ma‘lumot beradi. Psixologiya tarixi psixikani yanada chukur va aniq bilish imkoiiyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga kumaklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratish katta urin tutadi.


Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm urtasida ko`rash kechgan. Bu ko`rash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik hodisalarni o`zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya‘ni inson va hayvonga xos bo`lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaveradi.
«Biz o`zimizni utmish bilan birga kurishimiz kerak», chunki biz unga tayanamiz. Umumiy psixologiyaning predmet va metodlaridan farqli ravishda psixik voqelikni emas, uning rivojlanish tarixi haqidagi fikrlar turli davrlarda kanday bulgailigini urganadi. Psixologik fikrning o`zi o`z tarixiga ega. Bu tarixning vazifasi psixika haqidagi ilmiy bilimlarning paydo bo`lishi va rivojlanishini analiz qilish psixologik fikrlar taraqqiyoti davomida psixologiya fanning predmeti bo`lib, avval ruh, keyin ong, keyin xulk-atvor hisoblanadi.
Oxirgi fan hozirgi turgan bosqichda, avvalgi bosqichlarda ajratib tashlagan psixika va xulk-atvor /faoliyat/ birligi tiklandi. Umuman psixologiya fikrlar taraqqiyoti hech qachon bir tekisda kechmagan. Ba‘zi davrlarda u zigzaklar bilan harakterlangan bo`lsa, ba‘zida ortga qaytgan yoki bir joyda turib qolgan. Har bir bosqich o`z yutuq va kamchiliklariga ega bo`lgan. Ebengao`z aytganidek «Psixologiya o`zoq utmishga va qisqa tarixga ega».
Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologii jihatdan yondoshilsa, XVII asr psixologiyasiga xududiy territorial jihatdan yondoshilsa, Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demaq har qanday davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash keraq
Psixologiya tarixi 2 ta davrga ajratiladi. Ular o`z navbatida kichikroq davrlarga bulinish printsipiga asosan tuzilgan.
1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. Bu davrda Er.av. VI asrdan XIX asr urtasigacha 2,5 ming yil davom etgan davrdir.
2-davr. Psixologiya faniiing mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr urtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir.
Psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi 1. Er.av. V-VI asrlar psixika haqidagi dastlabgi ilmiy fikrlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi. Ruh haqidagi fanning paydo bo`lishi va uyda 2 yo`nalish. Materialistik va idsalistik yo`nalishlarning paydo bo`lishi. Psixik proqessor sezgi idroq xotira, tafakkur, affekt, iroda haqidagi ilk empirik bulimlarning paydo bo`lishi. Tana va ruh munosabatiga har hil yondashish.
V-VIII asr Ruh xaqidagi fanning falsafiy ta‘limoti doirasida
tibbiy bilimlar asosida rivojlaiishi. Tomistik psixologiyaning paydo bo`lishi.
XV-XVI asr Ruh hakida fanning anatomik fiziologik
bilimlar asosida rivojlanishini davom ettirish. Tadqiqot ob‘ekti sifatida ruhni inkor etish «Psixologiya» terminini kiritilishi.
Psixologiyaning mustaqil fan bo`lib rivojlanishi.
1. XIX asr boshidan XIX asrning 60-yillarida psixologiya mustaqil fan ekanligini ta‘kidlovchi ilk bilimlarning paydo bo`lishi. Nerv sistemasi va sezgi organi faoliyaliyati eksperemeital metod bilan urganila boshlashi isixofizika va psixogeometrriyaning paydo bo`lishi, sezgi va idrok etish teoriyalarining kashf etishi.
2. XIX asrning 60- yillaridan XIX asrning oxirigacha psixologiyaning bevosita mustakil fan sifatida rivojlanishi. Ekspersmsital metodlar psixologiyadan mustaqil urin egallashi psixologiyada amaliy tadqiqotlarni paydo bo`lishi fanda yangi tarmoklarni vujudga kelishi.
3. XX asrning 10-30 yillari psixologiyada ochiq krizis /inqiroz/ Chet el psixologiya maktablari Bixsviorizm, 30-50 yillar Inkirozning tugallanishi yangi tarmoqlar genstik psixologiya, shaxs psixologiyasining paydo bo`lishi, yangi maktablar, neobixsviorizm, neofrsidizmining vujudga kelishi.
4. 60 yillar yangi nazariy va amaliy kidirish, yangi yo`nalish gumanistik psixologiya, dogopediya, kognetiv psixologiyaning paydo bo`lishi, psixologiya predmetini tahlil qilishni, ongsizlik masalasiga katta e‘tibor, soqial psixologiya masalalarin chukurlashtirish.
Psixologiya tarixining manbalari bo`lib psixologik bilimlarni tuplashni aks ettiruvchi barcha materiallar eng avvalo utmish-psixologlarning faylasuf asarlari. Tibbiyotga ayniqsa, psixatriya sohasiga oid bilimlar. Shuningdek boshqa fanlar tabiatshunosliq jumladan fizika, ximiya, astronomiya, tilshunosliq etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning ma‘lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi.

Download 20.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling