1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
3. XOTIRANING TURLARI
Xotiraning turlarini ajratishda esda olib qolish va esga tushirish jarayonlari amalga oshiradigan faoliyat xususiyatlariga bog`liqligi olinadi, bunda xotiraning ayrim turlari 3 ta asosiy mezonga muvofiq ravishda bo`linadi. 1. Psixik faollik tabiatiga qarab: xotirani harakat, hissiy, obrazli, so`z - mantiqiy, mexanik xotira turlariga bo`linadi. 2. Faoliyat maqsadiga ko`ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlariga bo`linadi. 3. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko`ra: qisqa muddatli va uzoq muddatli hamda operativ xotira turlariga bo`linadi. HARAKAT XOTIRASI turli xil harakatlarni esda olish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat, buning ahamiyati shundaki, bu yurish va boshqa malakalar qatorida har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib topishining asosini tashkil qiladi. Agar harakat xotirasi bo`lmaganda edi, biron harakatni amalga oshirish uchun biz shu harakatni o`zini har gal “boshdan boshlab” o`rganar edik. M: jismoniy chaqqonlik, mehnatga maxorat, “oltin qo`llarga” ega bo`lish yaxshi harakat xotirasiga ega bo`lishning alomati hisoblanadi. HISSIY XOTIRA tuyg`u - hissiyotga xos xotiradir. emotsiyalar (tuyg`ular) bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi olamga nisbatan bizning munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotganlidan doim habar berib turadi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o`tmishda salbiy kechinmalarga ega bo`lgan harakatlardan saqlab qoluvchi signal tarzida namoyon bo`ladi. Masalan: biron kishining qayg`usi, shodligiga hamdardlik bildirish, kitob qahramoni bilan birga qayg`urish, hissiy xotiraga asoslanadi, hissiy xotira xotiraning boshqa turlaridan ma`lum ma`noda kuchli bo`lishi mumkin. Obrazli xotira tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shu bilan birga tovush, hidlar, ta`mlar bilan bog`liq xotiradir. Xotiraning bu turi ko`rish, eshitish, hid bilish va ta`m xotiralaridan iboratdir. SO`Z - MANTIqIY XOTIRA mazmuni bizning fikrlarimizni tashkil qiladi. So`zlar bo`lmasa fikrlar ham bo`lmaydi. SHuning uchun fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantiqiy xotiralar deb ataladi. So`z - mantiqiy xotirada ikkinchi signal tizimi asosiy rol’ uynaydi. So`z - mantiqiy xotira insongagina xos xotiraning maxsus turidir. 2. IXTIYORIY VA IXTIYORSIZ XOTIRA. Faoliyat maqsadiga qarab xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo`linadi. Muayyan maqsadsiz biron narsani esda olib qolish yoki eslash, ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. O`z oldimizga maqsad qo`yib esda olib qolsak, bu ixtiyoriy xotira deb ataladi. Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma - ket bosqichlarini tashqil etadi. Ixtiyorsiz xotira turmushimizda katta o`rin egallaydi, ixtiyoriy xotirada biz hech qanday irodaviy kuch sarflamaymiz, hech qanday maqsad qo`ymaymiz. 3. QISQA MUDDATLI VA UZOQ MUDDATLI XOTIRA. Ma`lum bir material xotirada mustahkamlanishi uchun material sub`ekt tomonidan ishlab chiqarilishi kerak. Bunday ishlab chiqish ma`lum miqdorda vaqt talab etadi, bu vaqt izlarni mustahkamlash vaqti deyiladi. Bu jarayon hozirgina bo`lib o`tgan hodisaning sub`ektiv jihatdan “aks-sadosi” sifatida echiladi. Biz ma`lum daqiqa mobaynida hozir bevosita idrok qilmayotgan narsalarni go`yo ko`rishda, eshitishda davom etamiz. Bu jarayonlar beqaror va o`zgarishdir, lekin bu jarayonda esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi, bu jarayon qisqa muddatli xotira deyiladi. Juda ko`p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlab qolishga xos bo`lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig`ida idrok qilish va shu ondayok, qayta tiklashdan so`ng juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan ta`sirlanadi. Operativ xotira tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik (xotira) jarayonlarini bildiradi. Masalan: murakkab arifmetik harakatni bajarishda uni ayrim qismlarga bo`lib bajaramiz. Ana shunday ishni bajarishda inson duch keladigan materiallar qismlar har xil bo`lishi kerak. Xotiraning operativ birliklari deb ataladigan ana shu qismlarning hajmi ma`lum bir faoliyatni muvaffaqiyat bilan bajarishga muhim ta`sir ko`rsatadi. Operativ xotirada ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli xotira materiallaridan kelib qo`shiluvchi “ishchi qotishma” hosil bo`ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling