1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Xayol jarayonlari
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar:
Analiz va sintez - xotira tasavvurlarini tahlil qilish va umumlashtirish; Agglyutinatsiyam - elimlash orqali ayrim elementlarni bitta qilib yangi obraz yaratish; Aktsentirovka - bo`rttirish orqali obraz yaratilishi; Giperbolizatsiya - kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali obraz yaratish; Ijodiy xayol - xayol turi bo`lib, original obrazlar yaratish; Tipiklashtirish - har bir davrga xos bo`lgan obrazlar yaratilishi. 1. Xayol jarayonlari Biz ilgari idrok qilmagan narsalarni tasavvur qilamiz, ilgari ko`rmagan narsalar obrazlarini yaratamiz, yaratiladigan narsalar g`oyalarini yuzaga keltiramiz, bular xayoldir. Masalan: bizning ko`rmagan joylarimiz haqida tasavvurimiz bor. Xayol - obraz, tasavvur yoki g`oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya`ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Fantaziya - xayol turlaridan biri bo`lib, u eng qimmatli iste`doddir. Xayol faqat insonga xosdir. Xayol mehnat natijasida paydo bo`ladi. Masalan: biror bir muammoni echishda avval nimadan boshlash, nima qilish, echish, yaratish yo`llari haqida xayol qilinadi. Xayolda biz yo`q narsani yaratamiz, lekin tashqi reallikka asoslanamiz. Masalan: yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar asarlarini hayotdan oladilar. Inson miyasida vujudga kelgan muvaqqat bog`lanishlarni yangi tartibda va qayta paydo bo`lishi xayolning nerv - fiziologik asosi bo`lib hisoblanadi. Kishilar taqi olamni idrok qilib qolmasdan, balki uni o`zgartiradilar. Xayol qobiliyatimiz bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Shuningdek, tasavvur xotirasi bilan ham bog`liq, u xayol turi sifatida qatnashadi. Obrazli xotira ijodiy xayol qilishda katta yordam beradi. Xayol voqelikni aks ettirish shakli sifatida quyidagicha ifodalanadi: kelajakni oldindan ko`ra oladi, ilgarigi ta`sirotlarni “jonlantiradi”. Xayol mehnat faoliyati orqali rivojlanadi. Xayolning fiziologik asosini miyaning murakkab analitik - sintetik faoliyati tashqil etadi. Xayol bilish jarayonini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Inson bir narsani o`zgartirishdan oldin miyasida o`ylaydi. Xayol ijodiy jarayonning muhim qismi bo`lib, u taqi olamni idrokdan farq qilib, to`liq, chuqur aks ettiradi. Xayolning faoliyati shaxs yo`nalishiga, quyidagi bir qator axlokiy - psixologik sifatlarga bog`liq: vatanparvarlik, mas`uliyatni his qilish, insonparvarlik, qat`iyatlilik kabilar. Kishining butun ruxiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan o`zviy bog`liq. Xayol idrok, xotira, tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonidir. Xayolning maxsusligi shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog`liqki, xayol ham tafakkur ham muammoli vaziyatlarda kelib chiqadi, shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar tushunchalar asosida ifodalanadi. Xayol faol va passiv, ijodiy bo`lishi mumkin. Orzu ijodiy xayol turi bo`lib, u kelajakni his qilish bilan bog`liq. Xayol jarayonidagi sintez quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi: - agglyutinatsiya - “elimlash” degan ma`noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog`iz kampir, suv parisi, kentavr, sfinks obrazlari kabilar; - giperbolizatsiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish, shuningdek, alohida qismlarni o`zgartirishdir. Masalan, Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam paxlavon, no`xot polvon obrazlari kabilar. - sxemalashtirish - o`xshatish orqali ayrim tasavvurlarni, ular orasidagi farqlarni silliqlash; - tipiklashtirish - bir xil obrazlarni qaytarilishi bo`lib, har bir darv uchun tipik bo`lgan obrazlarni yaratish. Masalan, A. Qaxxor hikoyalari (“O`g`ri”, “Bemor”), A.Qodiriy (“O`tkan kunlar”) romani, T.Malikning (“SHaytanat”) asarlari kabilar; - aktsentirovka - ayrim belgilarni ta`kidlash orqali obrazlar yaratish. Masalan, o`rtoqlik hazillari. Aktsentirovka adabiyotda ko`p qo`llaniladi. Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro`y beradi. CHunki, har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko`riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obraz hosil qilinadi. Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega: 1. Xayol tasavvurlari ongda tez paydo bo`ladi va barqaror bo`ladi. 2. Xotira tasavvurlari doim tanish narsadek his qilinadi, xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg`ularini beradi. 3. Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bo`lganligi sababli yangilikni his qilish tuyg`ulari oqibatida vujudga keladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling