1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
2. Xayol turlari
1. Tasavvur xayoli - biz idrok qilayotgan narsa - hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turidir. Bunday tasavvur xayoli boshqa kishilar tomonidan aytib berilgan so`zlar asosida hosil bo`ladi. Masalan, tarixda bo`lgan urushlar, ota - bobolarimiz boshidan o`tgan voqealar haqidagi tasavvurlar. Qiziqarli roman o`qiganimizda bizda tasavvur hosil bo`ladi. O`quvchilar o`rganadigan fanlarga doir bilimlar tasavvur xayoli asosida o`zlashtiriladi. Tasavvur etilgan obraz yanada yorqinroq bo`ladi. 2. Ijodiy xayol - tajribamizda va tashqi olamda uchramagan narsalar haqida yangi obrazlar yaratilishidir. Shaxs bu xayol turida yangi obraz yaratadi. Masalan, shoirning she`r yozishi, yozuvchining asariga obraz yaratishi, rassomning rasm chizishi, muxandisning ixtirolari, olimning dissertatsiya yozishi kabilar. Umuman har qanday yangilik ijodiy xayolga kiradi. Ijodiy xayol san`atning hamma turlarida namoyon bo`ladi. Har bir odamning o`z orzusi bo`ladi. Har qanday bajarilgan ish amalga oshirilgan orzudir. Amalga oshirilgan orzu yangi ehtiyojni hosil qiladi, kishini ruxlantiradi va kelajakka qaray olish imkonini beradi. Orzu ijodiy xayolning kelajakka, shaxs faoliyatining istiqboliga qaratilgan hayotni ilmiy ko`ra bilishning elementidir. Shirin xayol surish (ko`knori xayol) tartibga solinmagan, maqsadga qaratilmagan xayol jarayonidir. Bunda turli obrazlar ko`z o`ngimizdan birin-ketin o`taveradi. SHirin xayolda o`zimizga yoqqan obrazlar hosil bo`ladi, shuning uchun u huzur baxsh etadi. SHirin xayolga botish odamning irodasi bo`shashganda, dam olayotganda, uyquga ketayotganda, uyg`onganda paydo bo`ladi. SHuningdek, shirin xayol surish harorat ko`tarilganda, asab tizimi zaharlanganda ham paydo bo`ladi, ya`ni kishi giyohvandlik moddalarini iste`mol qilganda shirin, yoqimli hisni boshdan kechiradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling