1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Xayolning ahamiyati va o`sishi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan nazorat savollari
- Mavzu yuzasidan test savollari
4. Xayolning ahamiyati va o`sishi
Xayolning ahamiyati juda katta. Biz xayol tufayli ko`rmagan, bilmagan, idrok qilmagan narsalar to`g`risida ham tasavvur qila olamiz. Xayol hamma psixik jarayonlarning faoliyatini boyitadi. Masalan, idrok to`liq bo`ladi, xotirada, tafakkurda ahamiyati katta va irodasi kuchli kishilarda xayol ustun bo`ladi. Faoliyatning barcha turlarida xayolning ahamiyati katta. Masalan, yosh bolalar o`yin faoliyatida xayol, fantaziya tufayli ularning ongi rivojlanadi, turmush tajribasi o`sadi, xarakter xislatlari shakllanadi. O`qish faoliyatidagi xayolning ahamiyati katta. Masalan, o`quvchilarning o`zlashtirayotgan fanlari xayolda gavdalantirmay turib o`rganmaydilar. Mehnat faoliyatida xayolning ahamiyati katta. Kishi o`zining mehnati natijasini avvaldan xayolida gavdalantirmasa, ishlay olmaydi. Ilmiy kashfiyot, tadqiqotlarda xayolning ahamiyati katta. Biz bolalarda xayolning keng, mazmundor bo`lishiga, real bo`lishiga, kuchli bo`lishiga erishishimiz kerak. Xayol yoshlikdan o`sa boshlaydi. Avval bolalarda o`qish faoliyatlarida, keyin o`qish va mehnat natijasida o`sa boshlaydi. Asosan xayol ta`lim - tarbiya natijasida o`sadi. Demak, xayol mantiqiy bilish jarayoni bo`lib, faqat insonga xosdir. U kishi hayotida katta ahamiyatga ega. Biz yoshlarda xayol -fantaziyani rivojlantirsak, ular mustaqil Vatanimizni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shadilar. Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 1. Xayol - fantaziya deganda nimani tushunasiz? 2. Xayol jarayonlariga nimalar kiradi? 3. Xayol turlari qaysilar? 4. Kishilarning xayoli nimasi bilan farq qiladi? 5. Tush ko`rish xayolning qaysi turiga kiradi? 6. Hayvonlarda xayol bo`ladimi? Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Xalq ertaqlaridagi suv parisi, bulbuligo`yo, kentavr (odam boshli ot), sfinks (odam boshli sher) kabi obrazlarning yaratilishi qaysi xayol jarayonlariga taalluqli? a) kattalashtirish (giperbolizatsiya); b) aktsentirovka (bo`rttirish); v) agglyutinatsiya (elimlash); g) tipiklashtirish. 2. Quyidagi javoblardan qaysi birida xayol ta`rifi to`liq berilgan? a) xayol yoki fantaziya tafakkur kabi faqat insongagina xos bo`lgan bilish jarayonidir; b) xayol mehnatning oraliq va oxirgi natijalarini ko`rish imkonini beruvchi bilish jarayonidir; v) xayol avval idrok qilingan obrazlar asosida hali idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini aks ettirishdir. g) xayol noaniq va muammoli vaziyatlarda namoyon bo`luvchi holatdir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling