1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
3. Iroda nazariyalari
Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlar odamga irsiy yo`l bilan tug`ma ravishda beriladigan harakatlar emas. Irodaviy harakatlar har doim ma`lum sabablarga ko`ra yuzaga keladi. Chet el psixologiyasida iroda erkinligi degan ta`limot yuzaga kelgan bo`lib, bu ta`limotga ko`ra, odamning irodasi azaldan belgilangandir. Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga mutlaqo bog`liq emas. Iroda qandaydir iloxiy kuchga bog`liqdir. Shuning uchun iroda o`z mohiyati jihatidan doimo erkindir. Chet el olimlarining iroda erkinligi, ya`ni irodaviy harakatlar hech qanday sababga bog`liq emasligini haqidagi ta`limotlari batamom xatodir. Biz yashab turgan moddiy dunyoda sababsiz hech narsa va hech qanday hodisa bo`lmaganidek irodaviy harakatlarning ham o`z sabablari mavjuddir. Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po`stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo`lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimi asosida ro`y beradi. Gumanitar, ya`ni inson muammolariga e`tibor ortishi bilan o`z - o`zidan irodani o`rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII - XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro`y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o`tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. Arastu o`z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e`tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq - atvorini o`zgartirishga, boshqarish imkoniyatiga ega bo`lgan omil hisoblanadi. Psixologiyada mavjud oqimlar ham irodani turli jihatlariga ko`ra tadqiq etadilar. Masalan, bixeviorizm - xulq - atvor shakli, motivatsiya psixologiyasi - shaxsning ichki ziddiyatlari, shaxs psixologiyasi - insonning muhim shaxsiy xususiyati sifatida o`rganadi. V. A. Ivannikov fikricha, iroda - inson xulq - atvoridagi reaktivlik va faollikning o`zaro ko`rinishidir. V.I.Selivanov esa, irodani ongli boshqarilishi maqsadga yo`naltirilgan harakatni amalga oshirish uchun ichki va tashqi qiyinchiliklarini engib ketish imkoniyati borligini bilish deb ta`riflaydi. Inson irodaviy faoliyati ongli, maqsadga yo`naltirilgan faollikdir. Asab tizimining umumiy sog`lomlik holati katta ahamiyatga ega. Kasallik paytida, charchagan vaqtida inson irodasi bo`shashadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling