1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Mavzu yuzasidan test savollari
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
- 1. XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Ikkala ko`zi ko`r bo`lib tug`ilib, 52 yoshida yorug` dunyoni ko`rgan kishi narsa va hodisalarni ko`zi sog` kishilardek idrok eta oladimi? a) ha, idrok eta oladi; b) idrok eta olmaydi; v) idrok o`qitishni talab qiladi; g) fazoni idrok qilish tug`ma emas, shuning uchun idrok eta olmaydi. 2. Idrokning ta`rifini quyidagi fikrlardan aniqlang? a) idrok sezgilardan tashqil topgan; b) idrok narsa va hodisalarni to`liq aks ettirish; v) idrok bilish jarayonlariga kiradi; g) idrok maxsus o`qitishni talab qiladi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari; 1. Idrok xossalarining bir - biridan farqi nimada? 2. Idrok turlari va ularning tasnifini tushuntiring? 3. Vaqt va harakatni idrok qilishning inson hayotidagi ahamiyati qanday? 4. Idrokning sezgidan farqi nimadan? 11-mavzu: Xotira Reja: 1. Xotira haqida umumiy tushuncha 2. Xotiraning nerv - fiziologik asoslari 3. Xotira turlari: a) faolligiga ko`ra; b) maqsadiga ko`ra: v) muddatiga ko`ra. 4. Xotira jarayonlari: a) esda qoldirish b) esga tushirish v) esda saqlash va unutish 5. Xotiraning individual farqlari yoki xotira tiplari. 6. Xotira tasavvurlari. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Assotsiatsiya - miyadagi muvaqqat bog`lanishlar. Esda qoldirish - miyada iz hosil bo`lishi. Esda saqlash - esga tushirishga tayyor turgan material. Esga tushirish - esda turgan materialni yodga olish. Unutish - miyadagi material izining yo`qolishi. Xotira tiplari - esda qoldirish va unutish tezligiga ko`ra. Logik xotira - mantiqiy xotira, materialning mazmunini esda qoldirish. Emotsional xotira – his - tuyg`u bilan bog`liq bo`lgan xotira. 1. XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bizning bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g`oyaviy yo`nalishi katta o`rin egallaydi. Bu yo`nalish uning faoliyati, hayot sharoiti ta`sirida shakllanadi, kishi o`zining ish faoliyati uchun muhim bo`lgan voqea va hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo`lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shaxsning yo`nalishi uning qiziqishida ifodalanadi, kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta`sir ko`rsatadi, ya`ni yaxshi esda olib qolishini ta`minlaydi. Biz ko`pincha u yoki bu narsa - hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo`qligini ko`rsatadi. Masalan, o`quvchilar hamma fanlarni bir xil eslab va o`zlashtirib olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklarini emas, balki uqilayotgan fanga qiziqishining har - xilligi bilan tushuntiriladi. esda olib qolishga kishining emotsional munosabati ham katta ta`sir ko`rsatadi. Kishi uchun yakqol hayajonli reaktsiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chukur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta`sirlansak, o`sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog`liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o`zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur esda qoldiradilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga uning aqliy saviyasiga, bilimiga, o`quviga, fikrlash qobiliyatiga, ko`nikma va odatlarga ham bog`liqdir. SHunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog`liqdir. Shaxs o`z oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalari asosida o`zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish: esda saqlash; esga tushirish va unutish bir- biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma`lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya`ni shaxsiy tajribani to`plash bilan bog`liqdir, to`plagan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qaytaesga tushirishni talab qiladi. Ma`lum materialni faoliyatda qatnashmay qolishi yoki tushib qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling