1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
b) ESGA TUSHIRISH VA UNING TURLARI. O`tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg`u, fikr va
ish - harakatlarining ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. esga tushirishning nerv - fiziologik asoslari bosh miya po`stida ilgari hosil bo`lgan nerv bog`lanishlarining qo`zg`alishidir. esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma`lum vaqt o`tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari bor. Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarning takror idrok qilish natijasida u narsa yoki hodisaning esga tushishidir. Tanish aniq va noaniq bo`lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz holos. Masalan: bir odam ko`zimizga issiq ko`rinadi, lekin uni qaerda ko`rganimizni eslay olmaymiz. To`liq, aniq, tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol’ o`ynaydi. Masalan: biz bir kishining ko`rib uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak darrov kim ekanini bilamiz. ESLASH narsa va hodisalarni uni shu paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan: bo`lib o`tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan she`rimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. eslash ham aniq va noaniq bo`ladi. Masalan: Biz she`rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o`qiganimizni eslay olmaymiz. esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan: imtixonga kirganda biletni ko`rib uning savolini o`qib taniymiz. Demak, predmetning nomi muhim rol’ uynar ekan. BEVOSITA eSGA TUSHIRISH materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan: she`rni yod olganimizda bir necha satrni o`qigach, kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya`ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko`zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab XOTIRANING KO`LAMI aniqlanadi. Materialning ko`p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko`lami keng hisoblanadi. Masalan: artistlarda so`z va iboralarni esda tutib qolish xotirasini ko`lami keng bo`ladi. Hisob - kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tutish xotirasining ko`lami keng bo`ladi. VAqT O`TKAZIB eSGA TUSHIRISH esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o`tkazib esga tushirishdirki, shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o`tgan bo`ladi. Masalan: yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz. V) ESDA SAQLASH VA UNUTISH. Idrok qilingan narsalar miyamizda o`rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin. ESDA SAQLASH deyilganda ilgari tug`ilgan taassurot, fikr, his-tuyg`u va ish - harakatlarining takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. SHuning uchun asab tizimi ilgari bo`lib o`tgan taassurotlarini takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushishi uchun qulay sharoit bo`lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo`lmaganda, zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi. SHunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo`lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz. Unutilgandan keyin xotiraga keltirishni REMINISTSENTSIYA (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg`ul bo`lganda, miya po`stining asab hujayralarida charchash yuz beradi. CHarchash haddan oshishi natijasida nerv hujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialni ko`p qismi unutiladi. Materialni o`qib o`rganib olingandan keyinroq uni yaxshi xotirlay olmasak, ammo oradan bir necha vaqt o`tgandan keyin uni to`la xotirlay olishlikning sababi materialni o`qib, o`rganib olishda ro`y beradigan charchashdir. Materialni eslash uchun bo`lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o`tishi bilan odam qandaydir boshqa ishga chalg`ib ketgach tormozlanish tarqab ketadi. SHunda esga tushirilishi lozim bo`lgan narsa xotiraga keladi. Materialni mustahkamlashga bo`lgan qiziqishni bo`lishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog`liq bo`ladi. Buni ebbingao`z aniqlagan. Uning ko`rsatishicha unutish material yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro`y beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi. Takrorlash unutishga qarshi asosiy vositadir, takrorlash faqatgina o`quv materialni pishiq esda qoldirishning asosiy sharti emas, balki uni bizning xotiramizda keyinchalik saqlanish sharti hamdir. Lekin unutish bilan kurashishning asosiy vositasi bo`lib, o`rganilgan bilimni tajribada qo`llash hisoblanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling