1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. TAFAKKUR VA MASALA HAL QILISH
3.TAFAKKUR SHAKLLARI
Tushuncha voqelikda narsa va hodisalarning umumiy, muhim farq qiluvchi maxsus belgilarini aks ettiradi, Masalan: “odam”, “kuy”, “ruchka”. Hukm voqelikdagi narsa va hodisalar o`rtasida mavjud bog`lanishlarni, shu narsa va hodisalarga bir xususiyatni xos yoki xos emasligi ko`rsatadi. Hukmlar ob`ektiv voqelikni aks ettirishga qarab chin yoki xato bo`ladi. “Hozir tashqarida yomg`ir yog`yapti” (xato). Hukmlar umumiy juz`iy va yakka hukmlar bo`ladi. Umumiy hukmlarda mazkur guruhdagi mazkur sinfdagi hukmlar, hamma narsalar to`g`risida tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Juz`iy hukmlarda xususiyatlar ayrim qismlarga taalluqli bo`ladi. Yakka hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga tegishli bo`ladi. Xulosa chiqarish bitta yoki bir necha hukmlardan yangi hukm hosil qilishdir 3 xil xulosa chiqarish mavjud: 1. Induktiv xulosa chiqarish (yakka xulosa) 2. Deduktiv xulosa chiqarish (umumiy xulosa) 3. Analogik xulosa chiqarish (taxminiy xulosa) 4. TAFAKKUR VA MASALA HAL QILISH Agar hayot va amaliyot davomida odam yangi maqsad, yangi muammo, yangicha ahvol va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo`lsa, odamda dastlab tafakkur qilishga zaruriyat tug`iladi. Tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir. Oddiy eski usullar bilan vazifa hal qilinganda tafakkur talab qilinmaydi. Masalan, 2Q2q4 muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarur. Muammoli vaziyatning odamlar faoliyati davomida kutilmagan, qandaydir tushunib bo`lmaydigan narsaga, noma`lum tashvishli narsalarga duch kelib qoladi. Muammoli vaziyatni tahlil qilish natijasida masala paydo bo`ladi va tarkib topadi. Masalani yuzaga kelish muammosi vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan bo`lsa ham mazkur (ma`lum) va noma`lum qidiralayotgan narsani taxminan bo`laklarga bo`lish masalaning shartida ifodalanadi. Masalan, o`quv masalasida uning asosiy sharti hamda talablar (savollar) mavjud bo`ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling