1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

5. TAFAKKUR TURLARI 
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va bir muncha shartli tasnifi tarqalgandir: 
1. Ko`rgazmali - harakat; 2. Ko`rgazmali -obrazli; 3. Mavhum. 4.Nazariy; 5. Amaliy tafakkur. 
Ko`rgazmali - harakat tafakkur - tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan maqsadlarni 
dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazardan echganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. 
Amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bog`langandir. Sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy 
faoliyatning o`zi birlamchidir. YAna faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy 
fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan 
birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayonini ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy 
faoliyatdir. Guyo bu amaliy faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi. Bog`chadagi yosh (3 
yoshgacha) asosan ko`rgazmali - harakat tafakkuri bo`ladi. Bola bilayotgan obrazli tafakkurni o`z qo`llari 
bilan amaliy ravishda va guyo tabiiy ravishda ajratadi. Masalan, o`yinchoqlarni buzib ko`rish va 
boshqalar. Ko`rgazmali - obrazli tafakkur. Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko`pincha bog`cha 
yoshida bolalarda, ya`ni 4 - 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda 
tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to`g`ri va bevosita bo`lmaydi. Bola bo`layotgan 
obrazli tafakkurni aniq idrok qilishi va tasavvur qilishi shartdir. Bog`cha yoshidagi bolalar faqat 
ko`rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo`lmaydilar. Bog`cha yoshidagi 
bolalarda tushunchalarning yo`qligi shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol 
namoyon bo`ladi: 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil hajmi jihatdan teng 2 ta 
soqqa ko`rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko`z oldida bitta soqqa ezib non shakliga 
keltiriladi. endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko`p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko`rgazmali - 
obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to`la bo`ysunadigan bo`ladi. Ularning ko`rgazmali - 
obrazli shaklida o`tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi hamir ko`proq, degan 
xulosaga olib keladi. 
MAVXUM TAFAKKUR (ABSTRAKT). Bolalarning amaliy va ko`rgazmali hissiy tajribalari asosida 
ularning maktab yoshidagi davrlarda avval sodda shakldagi mavxum tafakkur, ya`ni mavxum 
tushunchalarga asoslangan tafakkur rivojlanadi. Maktab o`quvchilarining matematika, fizika, tarix va 
boshqa fan asoslarini o`zlashtirish davomida tushunchalarni egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari 
uchun katta ahamiyatga egadir. eng mavhum tafakkurlarning ham hissiy bilish chegarasidan ancha chiqib 
ketishga qaramay, hech qachon sezgi, idrok va tasavvurlardan to`la - to`kis ajralib ketmaydi. 
O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etishi jarayonida ko`rgazmalilik ikki tomonlama rol’ o`ynaydi. 
Bir tomondan, ko`rgazmalilik, tushunchalarning taraqqiy etishi ni engillashtiradi. Ikkinchi tomondan, har 
qanday ko`rgazmalilik sharoitida maktab o`quvchilarida mavxum tafakkurning tarkib topishiga qulay 
sharoit yarata bermaydi. Juda ko`p ko`rgazmalilik o`quvchilar diqqatini chalg`itib yuboradi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling