Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Hissiy bilish va tafakkur o`rtasidagi farqni ayting?
2. Tafakkur jarayonlarining ahamiyatini ko`rsating?
3. Abstrakt va konkret tafakkur o`rtasidagi farq nimada?
4. Muammoli vaziyat va masala hal qilishning ahamiyatini asoslab bering?
5. Hayvonlarda tafakkur bormi?
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash, muhim belgilarni shu narsalar to`g`risida bitta
tushuncha qilib, fikran birlashtirish degan ta`rif tafakkurning qaysi jarayoniga taalluqli?
a) analiz va sintezga; b) taqqoslashga;
v) umumlashtirishga; g) abstraktsiyalashtirishga;
2. Quyidagi javoblarning qaysi biri tafakkurning ta`rifini to`g`ri ifodalaydi?
a) tafakkur xotira obrazlaridan tashkil topadi; b) tafakkur hodisalarning umumiy xususiyatlarini
umumlashtirib aks ettirishdir;
v) tafakkur nutqqa bog`liq bo`lmagan jarayondir; g) tafakkur faqat insonlarga xos bo`lgan xossadir.
O`xshashini topish (tafakkurni mashq qildirish).
Biror predmet yoki hodisaga o`xshash bo`lgan predmet va hodisalarni sanang, masalan, “vertolyot”
so`zini oladigan bo`lsak, uning ko`pgina xususiyatlariga qarab o`xshashini topish mumkin, ya`ni “qush”,
“kapalak”, “ninachi”(uchadi),“avtobus”, “poezd”, (transport vositalari va h.k.). Bu mashqlar tafakkurning
umumlashtirish va tasniflash jarayonini rivojlantirishga xizmat qiladi.
13-mavzu: Xayol
Reja:
1. Xayol jarayonlari:
a) agglyutinatsiya; b) aktsentirovka; v) giperbolizatsiya; g) tipiklashtirish; d) analiz va sintez.
2. Xayol turlari:
a) tasavvur xayoli; b) ijodiy xayol; v) ixtiyoriy va ixtiyorsiz; g) orzu, tush ko`rish, shirin xayol (ko`knori
xayol).
3. Xayol sifatlari:
a) kengligi va torligi; b) chuqurligi va realligi; v) mazmundorligi va kuchi; g) fantaziyaga boyligi.
4. Xayolning (fantaziya) ahamiyati va o`sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |