1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Irodaviy akt va uning tarkib


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

4. Irodaviy akt va uning tarkib. 
Har qanday irodaviy harakat dastavval odam oldida tug`iladigan maqsadni taqozo qiladi. Odam u yoki 
bu harakat orqali nimaga erishmoqchi ekanligini anglaydi. U o`z holatini o`zgartirishi lozimligini
qandaydir ehtiyojlarni qondirilishi zarurligini anglaydi. Bu nima sababdan odam muayyan maqsadga 
intilayotganini, uning belgilangan maqsadini amalga oshirishga nima majbur qilishini tushuntiruvchi 
harakat motivlaridir. 
Irodaviy harakat bosqichlari 
Maqsad va o`nga erishishga intilish 
Maqsadga erishishning bir necha imkoniyatlarini anglash 
Imkoniyatlarni mustahkamlovchi va rad etuvchi motivlarning
paydo bo`lishi 
Motivlar kurashi 
Imkoniyatlardan birini tanlash, qaror qabul qilish
qarorni ijro etish 


Odatda odamning oldida u yoki bu xildagi jalb qilish xususiyatiga ega bo`lgan turli motivlar 
(maqsadlar) paydo bo`ladi. Odamga bu maqsadlarni tanlashga, ularning ma`qulligini yoki noma`qulligini, 
uning hozirgi hayot uchun yoki keyinchalik ahamiyatini baholashga va hozirgi payt uchun eng kerakli 
yoki eng muhimini belgilab ajratib olishga to`g`ri keladi. Mana shu munosabat bilan irodaviy harakatning 
muhim bosqichi, ya`ni qo`yilgan maqsadga qanday erishishni, unga erishish yo`llari qanday bo`lishini, bu 
maqsadga qanday yo`llar olib borishini o`ylash bosqichi paydo bo`ladi. Ana shu jarayonlarning hammasi 
o`z mohiyati jihatidan iroda akti tarkibiga kirgan intellektual (aqliy) holatlar deyiladi. Irodaviy aktning 
haqiqiy boshlanishi uchun ma`lum bir qarorga kelish kerak. Ko`pincha qarorga kelishda motivlar kurashi 
paydo bo`ladi. Masalan, ixtisosni o`zgartirish niyatidagi yangi ixtisosdan va ichki qanoatlanish umididan 
voz kechish kerakmi yoki aksincha, imkoniyati tug`ilayotgan qimmatli istiqbol uchun o`zining boshqa 
ehtiyojlaridan voz kechish kerakmi, degan motivlar kurashi paydo bo`ladi. Masalan, sevgan qizi bilan 
kinoga borish va to`satdan qattiq og`rib qolgan yakin kishisiga yordam berish o`rtasidagi motivlar kurashi 
keskin farq qiladi. 
Motivlar kurashi natijasida qarorga kelish paydo bo`ladi. SHubhalanish va ikkilanishlarni chetga surib 
tashlab, qarorni amalga oshirish kerak bo`ladi. Qabul qilingan qaror to`g`ridan to`g`ri amalga 
oshirilavermaydi. Qabul qilingan qarorni bajarish uchun yana ongli ravishda irodani ishga solib zo`r 
berish kerak. Irodaviy zo`r berishni ongli jiddiylik tarzida his qiladi. Bunday jiddiylik irodaviy harakatga 
o`tish bilan tarqalishi mumkin. Qabul qilingan qarorni zo`r berish bilan ijro etish irodaning muhim 
belgisini tashkil etadi. Zo`r berish juda muhim xususiyatlarning biri bo`lib, bu xususiyat orqali irodaviy 
harakatlar ixtiyorsiz harakatlardan farqlanadi. Irodaviy zo`r berish motivlar kurashi va qarorga 
kelishdayoq seziladi. Bunday zo`r berish fikrlash jarayonini ishga solib, muhokama yurgizishda, keraksiz 
hissiyotlarni engishda o`z ifodasini topadi. Irodaviy zo`r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish 
yo`lida uchraydigan to`siqlarni engishda namoyon bo`ladi. (loqaydlik, dangasalik). Irodaviy zo`r berish 
vositasi bilan avvalo organizmning passiv holatini o`zgartirib, uni faol holatga keltirish lozim. Masalan, 
yotgan odamning turish - turmasligi. Irodaviy zo`r berish vositasi bilan aqliy faoliyat faol holatga 
keltiriladi. Masalan, talaba yoki o`qituvchi dars boshlanishi bilan iroda kuchini ishga solib, diqqatini bir 
joyga to`plab, irodaning barqarorligini saqlab, tafakkur va esda qoldirish jarayonlarini kuchaytiradi. 
Kishi o`z oldiga qo`ygan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to`siqlarni engadi, 
voqelikni maqsadiga muvofiq o`zgartiradi. Kishi irodaviy zo`r berish va irodaviy harakat yordami bilan 
ijtimoiy qimmatga ega bo`lgan yangi narsalar: o`ylar, fabrikalar, zavodlar, yo`llar, mashinalar, san`at 
asarlari va boshqalarni yaratadi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling