1-mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish reja


Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi


Download 0.57 Mb.
bet5/33
Sana29.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1400796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1-mavzu1

Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi.

Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadii.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste‘moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko‘rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‘rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘rtasida ayirboshlanadigan tovar yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‘ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘sir qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‘lgan talab darajasi, sotib oluvchining to‘lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadii. Shu bilan birga, pulning tovar xo‘jaligi sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta‘sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat:

  1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘mol tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligini oshiradi.

  2. Markaziy bankning mustaqilligini ta‘minlanganligi. Ma‘lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan, ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv organlari bosimidan holi bo‘lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo‘jaligidagi roli pasayadi.

  3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita ta‘sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini banklarga muddatli omonat sifatida qo‘yishga undaydi. Bu esa pulning jamg‘arma vositasi va to‘lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, birinchidan, pul egalariga qo‘shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‘jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

  4. Inflyatsiya darajasining tegishli me‘yorlarda saqlab turilishi. Milliy valyutaning inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘yorlardan ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o‘zaro olib sotish yo‘li bilan daromad izlash payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste‘mol tovarlarga bo‘lgan talabi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi.

Jamiyatda tovar – pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, pul mablag‘larining samarali ishlashiga, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarf qilmasdan qo‘shimcha pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadii.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo‘g‘inlarida bevosita yoki bilvosita alohida ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida o‘rganiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ―kredit‖ so‘zi lotincha ―creditum‖ – ssuda, qarz
so‘zidan paydo bo‘lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar ―credo‖, ya‘ni
―ishonaman‖ degan ma‘noni anglatishini qayd etadii2. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan sub‘ektlarning bir – biriga bo‘lgan ishonchi asosiy omil hisoblanadi. Bu erda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit oluvchiga nisbatan ―ishonchi‖ muhim ahamiyat kasb etadii.
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina ishonchning o‘zi etarli bo‘lmaydi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bo‘lsak, kreditorni ushbu munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya‘ni

Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК Велби, изд – во Проспект, 2008. –С.410.


kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta‘minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi va rivojlanishida har ikkala tomonning ham iqtisodiy manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  • kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta‘minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz to‘lovlari sifatida foyda olsa, qarz oluvchi ishlab chiqarishning uzluksizligini ta‘minlash orqali tegishli foydani shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

  • iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lar ssuda kapitali sifatida

jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish tsiklining davriyligi. Bunda ayrim tarmoqlarda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari vujudga kelsa, boshqalarida qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘iladi, ushbu jarayon kredit orqali tartibga solinadi;

  • ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi.

Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlashining asosida tovar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak – kapital muomalasi va aylanishi yotadi. Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, bular yuqorida ta‘kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.
Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta‘riflarni
shakllantirgan. Xususan, Shchegortsova V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda,
―Kredit – qaytarish va to‘lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablag‘i yoki moddiy buyum ko‘rinishida berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir‖ tarzidagi ta‘rifi shakllantirilgan.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning mohiyatiga aniq ta‘rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, kredit ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Darslikda, kreditning mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga kelish asosiga e‘tibor qaratish lozimligi ta‘kidlanadi3.
Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar ―Pulli (tovarli) kredit to‘lov asosida amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi o‘zaro harakatining yig‘indisir.‖, degan ta‘rifni berishgan 4.
3 Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лавшурина. – 5 – е изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 237 – 238.
4 Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК Велби, изд – во Проспект, 2008. –С.428.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, bu borada iqtisodchi olimlarning fikrlari bir – biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu bois, ―Kredit – tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, to‘lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum ko‘rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy kategoriyalarning bir shaklidir‖ tarzidagi ta‘rifni shakllantirishga jazm etdik.
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to‘liqroq ochib berishda uning sub‘ektiv va ob‘ektiv mohiyatiga e‘tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning sub‘ektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi. Kreditning sub‘ektiv mohiyati bir – biriga bog‘liq bo‘lgan ―kreditor‖ va ―kredit oluvchi‖ning munosabatlarida namoyon bo‘ladi.

    • ―Kreditor‖ va ―kredit oluvchi‖ o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarning asosida tovar – pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larning mavjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir – biriga to‘qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir – biriga mos kelsa ular o‘rtasida kredit munosabatlari vujudga keladi.

    • Kreditor – kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi. Kreditor pul mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi sub‘ektlar hisoblanadi. Bunday sub‘ektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablag‘lari ularning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Kreditor sub‘ektlar ichida, banklar va kredit uyushmalari nafaqat o‘z mablag‘lari hisobidan, balki chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan kreditlar beradi. Mablag‘larni jalb qilishning turli yo‘llari mavjud bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida aktsiyalar va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish asosiy va samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi.

    • Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag‘larni kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi orqali real sektorning zarur bo‘lgan bo‘g‘inlariga joylashtiradi. Bu jarayon iqtisodiyotdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini samarali ishlashini, ya‘ni kapital aylanmasini to‘xtovsizligini ta‘minlash bilan birga, kreditor jamlangan mablag‘larni zarur maqsadlarga joylashtirish asosida ushbu mablag‘larni o‘z maqsadi va kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga erishadi.

    • Kredit oluvchi – kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etadii. Kredit oluvchi sub‘ektlar sifatida xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar maydonga chiqadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit oluvchini qarzdor sifatida talqin etish holatlari uchraydi, shuningdek, kredit va qarzning bir – biridan iqtisodiy jihatdan farqlanishi xususida ham tortishuvlar ko‘zga tashlanadi. Albatta, ―kredit‖ va ―qarz‖ o‘rtasida o‘zaro bog‘liklik bo‘lishi mumkin, lekin iqtisodiy mohiyatan bu ikki tushuncha o‘rtasida bir – biridan jiddiy farq qiladigan jihatlari mavjud. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy

– iqtisodiy qonunlar va tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy manfaatlari mavjud bo‘lib, ushbu manfaatlar o‘zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‘y beradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling