1-Mavzu: “pul va banklar” O‘quv intizomiga kirish. O‘quv intizomining predmeti va usuli. Reja
Download 17.54 Kb.
|
1-mavzu
1-Mavzu: “PUL VA BANKLAR” O‘QUV INTIZOMIGA KIRISH. O‘QUV INTIZOMINING PREDMETI VA USULI. Reja: Fanning predmeti va vazifalari. “Pul va banklar” fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining maqsadlaridan biridir. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat ko‘rsatishlari lozim. Chunki, ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshishini ta’minlaydi. “Pul va banklar” bo‘yicha nazariy bilim berish, hamda bank tizimida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqib: talabalar fanni o‘rganish davrida har bir o‘tiladigan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan so‘raladigan “asosiy tushunchalar”, savollarga javob berib, tegishli masalani yecha olishi; o‘qish davrida yozma nazorat ishlarni bajarishi va referatlar tayyorlashi; fanni o‘zlashtirish natijasida va kelajakda talaba bank faoliyatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni tahlil qilishni bilishi lozim. “Pul va banklar” fani fundamental, nazariy fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur o‘quv fanini o‘rganish uchun talabalar “Bank ishi”, “Umumiqtisodiy nazariya” kabi fundamental bilimlarini egallamoqlari lozim. Shu bilan birgalikda “Bank faoliyati statistikasi va tahlili” fani “Bank ishi”, “Banklarda operatsion texnika va buxgalteriya hisobi”, “Bank menejmenti va marketingi “ kabi fanlar bilan bog‘likdir. Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyusiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari, funksiyalari, Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi. “Pul va banklar” o‘quv fannini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar qo‘yidagi bilimlarga ega bo‘ladilar: -pulning kelib chiqishi va mohiyati, uning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni, pulning vazifalari, turlari va ularning rivojlanishi, pul aylanishi va uning asosiy shakllari, pul tizimi, O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning tarkibiy qismlari, Inflyatsiyaning mohiyati, kelib chiqish sabablari, turlari va oqibatlari; - kreditning kelib chiqishi, uning moxiyati va ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotidagi o‘rni, kreditning vazifalari, kreditlash tamoillari. Kredit turlari va shakillari. Kredit xaf-xatari va uni boshqarish, foiz xaf-xatari. Ssuda foizi va uning iqtisodiy moxiyati. Kredit berish tartibi; - xalqaro iqtisodiy aloqalar va ularning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi o‘rni, asosiy shakillari, xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta operatsiyalari shuningdek xalqaro xisob-kitoblar va xalkaro kredit; -banklarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ularning asosiy vazifalari, kredit, bank tizimi va banklar uyushmasi faoliyati, markaziy bank va tijorat banklarining vazifalari, hamda operatsiyalari, nobank kredit tashkilotlari, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari faoliyati, banklarning kimmatli kogozlar bozoridagi operatsiyalari va x.k. Download 17.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling