1-Mavzu: Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati Reja
Lotin Amerikasi mintaqasi
Download 494 Kb.
|
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelishi хамма мавзулар бор ичида
Lotin Amerikasi mintaqasi. Urushdan so’nggi davrda bu mintaqada jismoniy tarbiya va sportning o’sishi sezilarli darajada ko’zga ko’rindi. Bunda Markaziy Amerika va Karib dengizi, Panamerika o’yinlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu o’yinlar ilk bor 1951 yilda tashkil etilgan. Shular qatorida Boliviya o’yinlari ham mavjuddir. Bu o’yinlarning dasturida futbol, basketbol, yengil atletika, suzish, boks, kurash, velosport, o’q otish, qilichbozlik, tennis va boshqa sport turlari, ya’ni Amerika qit’asida keng tarqalgan o’yinlar mavjuddir.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatida taraqqiyot yo’lida borayotgan mamlakatlar doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqda. Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarining aksariyatida Milliy Olimpiya qo’mitalari tashkil etilgan va ular katta faoliyat ko’rsatmoqda. Bu, o’z navbatida, mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shmoqda. Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mintaqalaridagi Milliy sport tashkilotlari juda ko’p xalqaro sport uyushmalarini a’zosi hisoblanadi, ya’ni Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, Xalqaro sport federasiyalari tarkibidan o’z o’rinlarini xaqli ravishda egallaganlar. Taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatlarning sportchilari Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Hindiston sportchilari 1948, 1952, 1956, 1964, 1980 yillarda chim xokkeyi bo’yicha Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo’lishgan. Rimda va 1964 yilda Tokioda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida Efiopiya yugiruvchilariga marafonchilar Abebe Bekila, Moskvadagi (1980) o’yinlarida M.Ifter 5 va 10 km.ga yugurish bo’yicha bellashuvlarda shuhrat keltirgan edi. Myunxenda (1972) o’tkazilgan XX Olimpiya o’yinida Jon-Akip-Bua (Uganda) 400 m.ga to’siqli yugurishda jahon rekordini o’rnatib chempion bo’ldi. Shuningdek, Keniya, Marokko, Eron va boshqa mamlakatlar ham Olimpiya o’yinlarida yaxshi natijalarga erishadi. Ta’kidlash zarurki, 2000 yil Sidneyda (Avstraliya) o’tkazilgan XXVII Olimpiya O’yinlarida O’zbeksiton bokschilari 1 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo’lga kiritdi. Andijonlik Muhammadqodir Abdullayev (71 kg) vaznda Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo’ldi. Taraqqiyot yo’lida borayotgan mamlakatlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirish, mutaxassis kadrlar tayyorlash, yangi usullar asosida mashg’ulotlar o’tkazish hamda tashkiliy sohalarda sobiq sosialistik mamlakatlarning o’zaro yordami muhim o’rinlarni egalladi. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling