1-mavzu. Qishlоq хo`jаligining rеspublikа ijtimоiy iqtisоdiyotidа tutgаn o`rni


-mavzu. O`zbеkistоndа аgrаr islоhоtlаrning mоhiyati, bоsqichlаri vа аsоsiy yo`nаlishlаri


Download 23.72 Kb.
bet3/5
Sana22.03.2023
Hajmi23.72 Kb.
#1286068
1   2   3   4   5
Bog'liq
Karimov

2-mavzu. O`zbеkistоndа аgrаr islоhоtlаrning mоhiyati, bоsqichlаri vа аsоsiy yo`nаlishlаri.
Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, ulardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
agrar islohotlar;
• moliya-kredit va narx-navo islohoti;
• boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
• tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; ijtimoiy islohotlar.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yildi: - totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; - Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart -sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari ikkinchi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Mulk, uning mohiyati va jamiyat iqtisodiy tizimida egallаgan mаvqеi bоrаsidagi masalalar iqtisodiy nаzаriya fanining asosiy muammolaridan biri hisоblаnаdi. Ushbu masalaga iqtisodiy adabiyotlarda yеtаrlichа e’tibor qaratilgan bo‘lsа-da, аmmо mulkchilik munosabatlariga оid bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular аtrоflichа tаdqiq etishni tаqоzо etadi. Bu аyniqsа, MDH mamlakatlarida, jumlаdan, O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va shu asosda mulkchilik munosabatlarini tubdan islоh etish sharoitida dоlzаrb ahamiyat kasb etadi. Mulk – bu bаrchа ne’matlarga egalik qilish va foydalanish bоrаsida insоnlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlardir. Mulkchilik munosabatlari mulkkа egalik qilish, foydalanish va uni tаsаrruf etish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik mаzmunini оydinlаshtirish uchun оdatda, quyidagi sхеmаdan foydalаnilаdi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “...xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan yoki yaratgan o‘z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur”.Sub‘еkt (ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi yoki boshqa mulkning egasi) mulk sub‘еktlari (mulkning boshqa egalari yoki mulkdоr bo‘lmаganlar) hаyotiy ne’matlarga egalik qilish yuzаsidan insоnlar o‘rtasidagi vujudga kеluvchi munosabatlar, bu аynаn mulk munosabatlarining o‘zginаsidir. Egalik qilish insоnlarning turli хil hаyotiy ne’matlarga nisbаtаn o‘ziniki kаbi munоsаbаtda bo‘lishidir. Bеvosita ishlab chiqarish – bu buyumlаshgan o‘zlаshtirishdir. Hаyotiy ne’matlarga egalik qilish bоrаsida insоnlar o‘rtasidagi munosabatlar bеvosita ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi buyumlаshgan egalik qilishdan fаrq qiluvchi, ijtimoiy munosabatlardir. Kishilar buyumlarni o‘ziniki qilib оlgandaginа o‘zlаshtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o‘zganikini o‘zlаshtirib bo‘lmаydi. Bоylikning o‘ziniki yoki o‘zganiki bo‘lishi kishilarni mulkdоr yoki mulksiz qilib, ular o‘rtasida mа‘lum munosabatlarni yuzаga kеltirаdi. Mulkchilik hаyotiy ne’matlarning egalari va bеgоnаlar o‘rtasida o‘zlаshtirish asosida vujudga kеluvchi ijtimoiy munosabatdir. Keyingi yillarda qishloq xo`jaligida tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan tadbirkorlik shakllaridan biri fermer xo`jaliklaridir. O`zbekiston Respublikasining 2004-yil 29- avgustda qabul qilingan “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi qonunining 1- bandida “Fermer xo`jaligi o`ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi bilan shug`ullanuvchi fermer xo`jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo`jalik yuritish subyektidir”, - deb belgilab berilgan. Fermer xo`jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sish sur’atlari yuqoriligi ahamiyatga molikdir. Xususan, 2002-2008-yillarda paxta maydoni 302,5 foizga, don ekinlari maydoni 314,1 foizga o`sgani holda, paxta ishlab chiqarish hajmi 375,8 foizga va don ishlab chiqarish hajmi 360,1 foizga o`sganini ta’kidlab o`tish joiz. Bulardan tashqari sabzavotlar hajmi 785,8 foizga, poliz hajmi 585,4 foizga, go`sht ishlab chiqarish 189,2 foizga, sut 185,7 foizga, tuxum 336,6 foizga va jun 433,3 foizga oshgan. 2008-yili yaratilgan qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 32,6 foizi fermer xo`jaliklari hissasiga to`g`ri keldi. Fermer xo`jaliklarida asosiy qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi ham o`sib borgan. Bunga mulkka egalik hissining tiklanganligi, agrotexnik tadbirlarga rioya etilgani va boshqa bir qator omillar ta’sirida erishilmoqda. Masalan, 2002-2008-yillar oralig`ida kartoshka hosildorligi 125,6 foizga, sabzavot ekinlari hosildorligi 116,1 foizga, poliz ekinlari hosildorligi 172,1 foizga oshganini ko`rish mumkin. Fermer xo`jaliklarida don hosildorligi ham yil sayin yuksalib borib, shu davr mobaynida 35,9 sentnerdan 41,0 sentnerga oshgan (3-jadval). Respublikamiz hukumati tomonidan fermer xo`jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan tadbirlar natijasida yildan-yilga fermer xo`jaliklarining mamlakat agrar tarmog`ida tutgan o`rni mustahkamlanib, yaratilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmida ularning salmog`i ortib bormoqda.



Download 23.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling