1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Qurilishning boshlang‘ich bahosini joriy narxlarda (resurs usulida) aniqlash


Download 168.2 Kb.
bet3/43
Sana13.10.2023
Hajmi168.2 Kb.
#1701219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

1.3. Qurilishning boshlang‘ich bahosini joriy narxlarda (resurs usulida) aniqlash
Ob’ektning joriy narxlardagi boshlang‘ich bahosi amaldagi nizomga muvofiq buyurtmachilar yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra loyiha yoki ixtisoslashgan tashkilot tomonidan prognoz joriy narxlar va resurslar tariflari uchun xarajatlar kalkulyasiyasiga asoslangan resurs metodi yordamida hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2004y. 02-7-11-sonli bayonnomasining qaroriga ko‘ra markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtirilayotgan ob’ektning dastlabki bahosi O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi qoshidagi Davlat ekspertiza organlarida albatta ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
Resurs metodida quyidagi xarajatlar aniqlanadi:
- quruvchi-ishchilar mehnatining xarajatlari;
- qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiyasi bo‘yicha xarajatlar (mashinistlarning maoshi hisobga olinadi);
- transport va tayyorlash-ombor xarajatlari bilan qo‘shib hisoblangan material, konstruksiya va mahsulot sotib olish bo‘yicha xarajatlar
- transport va tayyorlash-ombor xarajatlari bilan qo‘shib hisoblangan uskuna, mebel, inventar sotib olish bo‘yicha xarajatlar;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar;
- pudratchining boshqa xarajatlari;
- buyurtmachini boshqa xarajatlari (Vazirlar Mahkamasining 12.09.2009 y.395-son qarorini 2-ilovasiga asosan foydalanishga “tayyor holda topshirish” (“pod klyuch”) qurilishini buyurtmachi xarajatlariga pudratchi javobgar bo‘ladi.
Qurilish ob’ektining joriy narxlar bo‘yicha boshlang‘ich bosqichdagi dastlabki bahosini aniqlash buyurtmachi tomonidan mustaqil ravishda yoki uning buyurtmasiga ko‘ra quyidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishi mumkin:
- loyiha instituti;
- ixtisoslashgan injiring yoki konsalting kompaniyalari, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasining Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi.
Ixtisoslashgan injiring yoki konsalting kompaniyalari, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasining Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tomonidan aniqlangan qurilish ob’ektining joriy narxlar bo‘yicha boshlang‘ich bosqichdagi dastlabki bahosi tavsiya tariqasida beriladi.


Download 168.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling