1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Tanlov savdolari turlari va ular ishtirokchilari


Download 168.2 Kb.
bet42/43
Sana13.10.2023
Hajmi168.2 Kb.
#1701219
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

1.2. Tanlov savdolari turlari va ular ishtirokchilari
Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o‘tkazish shakli, turi va sanasini belgilash;
tanlov savdolari tashkilotchisi funksiyasini amalga oshirish (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan tashkilotga berishi mumkin);
mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich qiymatini belgilash.
Buyurtmachi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tanlov komissiyasi tarkibini va ish tartibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, uning ishida qatnashadi;
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etiladigan aniq tanlov shartlariga bog‘liq bo‘ladigan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini belgilaydi;
tanlov savdolarining tashkilotchisi bo‘ladi (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan ixtisoslashgan tashkilotga berishi mumkin);
tanlov hujjatlari tarkibini belgilaydi;
talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolariga qo‘yiladigan asosiy talablarni, tanlov savdolari predmetiga qo‘yiladigan va tanlov hujjatlari tarkibiga kiritiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
belgilangan tartibda ekspertizaning o‘tkazilishi va tanlov hujjatlari tasdiqlanishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tanlov savdolari natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlaydi;
tanlov savdolari g‘olibi bilan shartnoma tuzadi;
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Buyurtmachi investor bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Quyidagilar tanlov savdolari tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tanlov savdolari o‘tkazish tartib-qoidalarini belgilash;
tanlov savdolari predmetiga qo‘yiladigan maxsus, texnik va tijorat talablarini hisobga olgan holda talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolarini o‘tkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;
belgilangan shakl bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni matbuotda chiqarish va potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborish;
agar tanlov hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, arizalar va ofertalarni qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlash;
jalb etiladigan buyurtmachi bilan shartnoma asosida mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilarning ishlarini tashkil etish;
talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish;
ofertalarning asl nusxalarini ular ochilgandan keyin buyurtmachiga berish.
Tanlov savdolarini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilot jalb etilgan taqdirda tanlov savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari u bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘zining ish tartibini belgilaydi;
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlov shartlariga bog‘liq bo‘lgan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini tasdiqlaydi;
ofertani qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
talabgorning malakasini oldindan aniqlaydi, agar u tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
tegishli ravishda rasmiylashtirgan holda tanlov savdolarini o‘tkazish tartib-qoidalarini amalga oshiradi;
ichida ofertalar bo‘lgan konvertlarni ochadi, ularning tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi (hujjatlarning to‘liq taqdim etilishi, rasmiylashtirish va hokazolar) va konvertlarni ochish to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi;
mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni) jalb etish zarurligini belgilaydi yoki tanlov komissiyasi a’zolari orasidan baholash guruhini tuzadi;
tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq ofertalarni o‘rganadi, tekshiradi va ko‘rib chiqadi, tanlov savdolari g‘olibini aniqlaydi yoki boshqa qaror qabul qiladi;
tanlov savdolarini o‘tkazish jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi va tartibga soladi hamda ular bo‘yicha tegishli xulosalar chiqaradi.
Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq bo‘lishi kerak.
Qoidaga ko‘ra, tanlov komissiyasi tarkibiga investor, buyurtmachi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xizmat ko‘rsatuvchi bank vakillari kiritiladi.
Tanlov savdolari predmetiga bog‘liq ravishda tanlov komissiyasi tarkibiga loyiha, ekspert tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Tanlov komissiyasi tarkibida investor va buyurtmachining vakillari soni komissiya a’zolari umumiy sonining to‘rtdan bir qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Agar majlisda tanlov komissiyasi a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashsa tanlov komissiyasi huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Tanlov savdolarini o‘tkazish tartib-qoidalari bosqichlari bo‘yicha qaror tanlov takliflarini baholash mezonlarini hisobga olgan holda tanlov komissiyasi tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Tanlov komissiyasi majlislarida "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining vakolatli vakili ishtirok etadi.
Tanlov savdolari quyidagilarga bo‘linadi:
ochiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanmaydi;
yopiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanadi.
YOpiq tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Ochiq yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning malakasi oldindan aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan, yoxud ikki bosqichli bo‘lishi mumkin.
Talabgorning malakasini oldindan aniqlash tanlov savdolarining birinchi turi, tanlov savdolarining g‘olibini aniqlash - uning ikkinchi turi hisoblanadi.
Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov savdolari o‘tkazishda talabgorlarning umumiy ro‘yxati tuziladi, talabgorning malakasi oldindan aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar o‘rtasida tanlov savdolari o‘tkaziladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolari:
buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va o‘ziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
shartnomada ishlarni ularning rentabelligini ta’minlash uchun etarli bo‘lgan yoki tadqiq etish yoki ishlab chiqishga sarflangan xarajatlar qoplanishini ta’minlaydigan hajmlarda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar o‘tkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda konseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va tuzatilishi kerak bo‘lgan, tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida ishlab chiqilgan oferta bahosi ko‘rsatilmagan holda taqdim etiladi. Tanlov savdolari predmeti parametrlari bo‘yicha oferent bilan muzokaralar olib borilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida qatnashishga yo‘l qo‘yiladigan ofertalar tanlab olinadi;
ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda ko‘rsatilgan holda ofertalari tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan qatnashchilarning takliflari va buyurtmanomalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
YOpiq tanlov savdolari ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkabligi (yoki tor ixtisoslashuvi) bilan farqlanadigan va faqat pudratchilar (etkazib beruvchilar)ning cheklangan soni bilangina bajarilishi mumkin bo‘lgan hollarda tashkil etiladi.
YOpiq tanlov savdolarini o‘tkazishda tanlov savdolari tashkilotchisi pudratchilar (etkazib beruvchilar) umumiy sonidan oldindan etarlicha malaka ma’lumotlariga ega bo‘lganlarni, biroq ularning kamida uchtasini tanlaydi va ularga tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yuboradi.
Agar pudratchilar (etkazib beruvchilar)ning umumiy soni ikkitadan ortiq bo‘lmasa, u holda taklifnoma ularning har ikkalasiga yuboriladi va tanlov savdolari ularning ishtirokida o‘tkaziladi.
Ulardan biri rad etgan taqdirda tanlov shartlari aniqlashtirilgan va (yoki) unga tuzatishlar kiritilgan holda takroriy tanlov savdolari e’lon qilinadi.
YOpiq tanlov savdolarini tashkil etishda matbuotda e’lon berilmaydi, tanlov savdolari taklif etilgan talabgorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 25 ming AQSH dollariga teng summani tashkil etgan hollarda ular:
xarid qilinadigan tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi, miqdori, bajarish muddatlari va tovarni etkazib berish punkti ko‘rsatilgan holdagi takliflarni talabgorlarga yuborish;
etkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan e’lon qilingan baho va tavsiflarni taqqoslash yo‘li bilan erkin savdoda amalga oshirilishi mumkin.



Download 168.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling