1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja
Mavzu Elektr mashinalarni montaj qilishda texnika xavfsizligi
Download 6.42 Mb.
|
1 Mavzu Rele himoyasi
42 Mavzu Elektr mashinalarni montaj qilishda texnika xavfsizligi
Reja; 1 Elektr mashinalarni montaj qilish 2 Elektr mashinalarni montaj qilishda texnika xavfsizligi Xalq xo‘jaligining turli sohalarida mashina va mexanizmlar asosan uch fazali asinxron dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Bunday dvigatellarning tuzilishi bir xil bo‘lsa ham, ular bir-biridan ayrim qismlarining konstruksiyasi bilan farq qiladi. Biror mexanizm uchun dvigatel tanlashda shu mexanizmning mexanik xususiyati, ishlash sharoiti va dvigatel turadigan joydagi muhitning xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. Hozir mamlakatimizda quvvati 0, 6 kVt dan 400kVt gacha, nominal kuchlanishi 220, 380 va 500 V bo‘lgan kichik va o‘rtacha quvvatli asinxron dvigatellar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, quvvati 200 dan 1000 kVt gacha bo‘lgan, nominal kuchlanishi 3000, 6000 V bo‘lgan katta quvvatli asinxron dvigatellar ham ishlab chiqariladi. O‘rtacha va katta quvvatli dvigatellarning korpusi va asosi po‘lat yoki cho‘yandan quyib ishlanadi. Katta quvvatli dvigatellarning korpusi ayrim bo‘laklardan payvandlab, kichik quvvatli asinxron dvigatellarning korpusi va asosi alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. Oldin aytib o‘tilganidek, asinxron dvigatellarda stator bilan rotor orasidagi havo oralig‘i qancha kichik bo‘lsa, stator bilan roto‘rning o‘zaro magnit aloqasi shuncha kuchli va dvigatelning texnik ko‘rsatkishlari shuncha yaxshi bo‘ladi. Bu oraliq kichik quvvatli dvigatellarda 0, 25. . . 0, 35 mm; katta quvvatlilarda 1. . . 1, 5 mm ga teng. Asinxron dvigatellarning ayrim detallarini bir xil qilib tayyorlash va lozim bo‘lganda yangisiga almashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun 1949 yildan boshlab mamlakatimizning elektr mashinasozlik zavodlarida xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan uch fazali asinxron dvigatellar A va AO yagona seriyalarda ishlab chiqarila boshlandi. 1960 yildan boshlab yangi yagona A2 va AO2 seriyalarda ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Bu seriyadagi asinxron dvigatellar 18 xil nominal quvvatda tayyorlanadi. Ularning ogirligi oldingi seriyadagilariga qaraganda taxminan 25 % ga kamaytirildi, dvigatellarning foydali ish va quvvat koeffitsiyentlari oshirildi, dvigatellarda maxsus elektrotexnik po‘lat sarfi 10 %, mis sarfi 12 % kamaytirilgan, ularning ishlashda pishiqligi oshirilgan (oldingi seriyadagiga nisbatan). Ikkinchi yagona seriyadagi dvigatellar asosan 9 xil o‘lchamda (stator po‘lat o‘zagi ichki diametrining o‘lchami) ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Dvigatel markasida uning gabariti 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, har bir gabaritda stator po‘lat o‘zagining uzunligi ikki xil o‘lchamda (1 va 2 raqamlilari) ishlab chiqariladi. Shunday qilib, dvigatel markasida uning qaysi seriyaga tegishliligi, gabariti, po‘lat o‘zagining uzunligi va qutblar soni ko‘rsatiladi. Masalan, AO2-62-4 markalisida dvigatel 6 gabaritga, uning ikkinchi uzunlik o‘lchamiga va qutblar soni 4 ga tengligini ko‘rsatadi. Bu seriyada dvigatellar nominal quvvatlarining shkalasi quyidagicha: 0, 6; 0, 8; 1, 1; 1, 5; 2, 2; 3; 4; 5, 5; 7, 5; 10; 13; 17; 22; 30; 40; 55, 75; 100 kVt. Yagona seriyada asinxron dvigatellarning maxsus xillari ham ishlab chiqariladi; masalan, AOP-62-4, AOS-41-2. Bunda P harfi yurgizish momenti; S harfi sirpanishi kattalashtirilgan dvigatellarga tegishli. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan dvigatellar markasida qo‘shimcha T harfi yoziladi: AOT2-32-4. To‘qimachilik sanoatiga tegishli mexanizmlar sutka davomida uzluksiz, deyarli bir xil nagruzka bilan ishlaydi. Shuning uchun AOT2 seriyadagi dvigatellarning foydali ish koeffitsiyenti kattaroq bo‘ladi. AOK2-72-6 seriyasida K harfi rotorli asinxron dvigatellarga tegishli. Markada T harfi tropik iqlimda ishlashga moslangan, X harfi ximiyaviy ta’sirga chidamli dvigatellarga tegishli va hokazo. Sanoatning ayrim sohalarida katta quvvatli (200 . . . 1000 kVt) asinxron dvigatellar ishlatiladi. Bu dvigatellar A, AK, AZ, AKZ, AP seriyalarda ishlab chiqariladi. Portlash xavfi bo‘lgan joylarda MA36 seriyali maxsus dvigatellar ishlatiladi, ularning nominal quvvatlari 22 . . . 400 kVt ga teng. Ko‘tarma kranlarda va metallurgiyada ishlatiladigan ba’zi mexanizmlarda MT seriyali (quvvati 3, 2 . . . 125 kVt) dvigatellar keng ishlatiladi. Kimyo va ko‘mir sanoatida KO seriyali (quvvati 4 . . . 100 kVt) dvigatellar ishlatiladi. Yaqingacha qo‘sh katakli asinxron dvigatellar DAM seriyada; chuqur pazli dvigatellar GAM seriyada ishlab chiqarilar edi. Nominal quvvati 50 . . . 600 Vt gacha bo‘lgan kichik gabaritli uch fazali dvigatellar AOL seriyada ishlab chiqariladi. Bunday dvigatellar kichik stanoklarda, turli xil xo‘jalik mexanizmlarida va uy-ro‘zg‘or asboblarida ishlatiladi. 1978 yildan boshlab asinxron dvigatellar yana ham yangi 4A seriyada ishlab chiqarila boshlandi. A2 va AO2 seriyalarga qaraganda 4A yagona seriyali asinxron dvigatellarning og‘irligi 15- 18 % kamaytirilgan, chulg‘amining mis simi va elektrotexnika po‘lati 20-25 % tejalgan, energetik ko‘rsatkishlari esa oldingi seriyadagidek qolgan. Asinxrron dvigatellarning yangi yagona 4A seriyasi A2 seriyasidan farqli o‘laroq, o‘lchamlari va o‘rnatish-ulanishlari jihatidan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi talablarini to‘la qanoatlantiradi. Yangi konstruktiv yechimlar qabul qilinishi, yangi izolyatsion materiallar ishlatilishi va yanada takomillashgan tayyorlash texnologiyasidan foydalanish natijasida 4A seriyadagi asinxron dvigatellar, A2 seriyadagi dvigatellarga nisbatan pishiq va ishlatishga qulaydir. 4A seriyadagi asinxron dvigatellar atrof- muhit ta’siridan saqlanish darajasiga qarab GOST 17494- 72 ga binoan ikki xil tayyorlanadi: himoyalangan asinxron dvigatellar - 1R23, shamollatiladigan asinxron dvigatellar - 1R44. 4A seriyaning standart quvvatlari shkalasi: 0, 06; 0, 09; 0, 12; 0, 18; 0, 25; 0, 37; 0, 55; 0, 75; 1, 1; 1, 5; 2, 2; 3, 0; 5, 5; 7, 5; 11; 15; 18, 5; 22; 30; 37; 45; 55; 75; 80; 110; 132; 160; 200; 315; 400 kVt. Dvigatellar hamma aylanish chastotalarida ishlab chiqariladi. Fundament plitasidan dvigatellar o‘qining balandligi shkalasi XEK tavsiyasiga mos keladi: 50; 56; 63; 71; 80; 90; 100; 112; 132; 160; 180; 200; 225; 250; 280; 315; 355 mm. 4A seriyadagi dvigatellar markasidagi raqamlar va harflar quyidagilarni ifodalaydi: Himoyalangan dvigatellar: A - staninasi alyuminiydan (shchitlari ham) ishlangan, X - staninasi alyuminiy, shchitlari cho‘yandan ishlangan; 50 . . . 355 - o‘qining balandligi; 5, ‘, M - korpusining o‘lchamlari; A - magnit o‘tkazgichning birinchi uzunligi; V - ikkinchi uzunligi; 2, 4, 6, 8, 10, 12 - magnit qutblari soni. Chunonchi, 4AA56A2UZ markasi quyidagicha o‘qiladi: 4A seriyadagi yopiq qilib tayyorlangan dvigatel, stanina va shchitlari alyuminiydan; o‘qining balandligi 56 mm; birinchi magnit o‘tkazgich uzunligi; ikki qutbli; iqlimi mo‘’tadil viloyatlar uchun; o‘rnatish kategoriyasi uchinchi. Quvvati 0, 12 dan 0, 37 kVt gacha bo‘lgan dvigatellarning kuchlanishi 220/380 V; 0, 55 dan 110 kVt gacha dvigatellarda 220/380 V va 380/660 V; quvvati 132 dan 400 kVt gacha bo‘lgan dvigatellarning kuchlanishi 380/660 V. Dvigateldan chiqariladigan simlar soni 6 ta; chulg’amlarining ulanishi g‘/N usulida. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling