1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja
Mavzu O’ta yuklatilganlik, izolyatsiyaning ishdan chiqishi mezoni bo’yicha elektr jihozning o’ta yuklanganligi
Download 6.42 Mb.
|
1 Mavzu Rele himoyasi
58 Mavzu O’ta yuklatilganlik, izolyatsiyaning ishdan chiqishi mezoni bo’yicha elektr jihozning o’ta yuklanganligi
Reja; 1 Iste’molchilarni elektr energiyasi 2 Transformator Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqlarda bir fazali va uch fazali transformatorlar keng ishlatiladi. Bir fazali transformator, asosan, ferromagnit o‘zakdan va uning sterjenlariga o‘ralgan ikkita yoki undan ortiq chulg‘amdan tuziladi. Ferromagnit o‘zak transformatorning magnit sistemasi, ya’ni magnit o‘tkazgichi hisoblanadi. Ferromagnit o‘zak magnit oqimi o‘tadigan konturning magnit qarshiligini kamaytiradi va chulg‘amlarning elektromagnit bog‘lanishlarini kuchaytiradi. Quvvati uncha katta bo‘lmagan transformatorlarning magnit sistemasi bronli (a), sterjenli (b) va toroidal (v) shaklga ega bo‘lishi mumkin (3-rasm). Amalda yupqa elektrotexnika po‘latidan ishlangan lentadan o‘rab tayyorlangan magnit o’tkazgichlar keng qo‘llaniladi (4-rasm). Transformatorlarning po‘lat o‘zagi yuqori legirlangan po‘latdan tayyorlanadi. Transformator ishlaganda uning chulg‘amlaridan o‘zgaruvchan tok o‘tadi. Bu tok transformatorning magnit o‘tkazgichida o‘zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Bu oqim transformator chulg‘amlarida asosiy elektr yurituvchi kuchlar (EYUK) E1 va E2 ni hosil qiladi. Bu EYUK haqida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz. O‘zgaruvchan magnit oqimi transformatorning ferromagnit o‘zagida ham EYUK hosil qiladi. Agar transformatorning magnit o‘tkazgichi yaxlit temir bo‘lagidan tayyorlansa, uning magnit o‘tkazgichida katta qiymatli uyurma toklar (fuko toklari) hosil bo‘lib, ular ferromagnit o‘zakni qizdirib yuboradi. Natijada transformator haddan tashqari qizib ketib, ishdan chiqadi, chunki uning sterjenida izolyatsiyalangan simdan o‘ralgan chulg‘amlar bo‘lib, chulg‘am izolyatsiyasi yonib ketadi. Befoyda uyurma toklarni kamaytirish maqsadida transformatorning magnit sistemasi qalinligi 0, 3 . . . 0, 5 mm li ayrim plastinkalardan yig‘iladi. Bu plastinkalar bir-biridan yupqa qog‘oz yoki maxsus lok qatlami bilan izolyatsiyalanadi. Transformator ishlaganda ayrim plastinkalarda hosil bo‘ladigan uyurma toklarning qiymati kichik bo‘lganligidan uning magnit o‘tkazgichi (yo‘l qo‘yiladigan temperaturadan ortiqcha) qizimaydi. Ferromagnit o‘zakning chulg‘amlar o‘raladigan qismi unm sterjeni deyiladi. Sterjenlarni pastki va yuqorigi tomonlaridan birlashtiruvchi qismlar yarmo deyiladi. Po‘latning qizishini va quvvat isrofini kamaytirish maqsadida yarmoning ko‘ndalang kesim yuzini sterjenlarnikiga qaraganda 10 . . . 15% katta qilinadi. Ko‘pincha, kichik quvvatli transformatorlarning magnit sistemasi (yoki magnit o‘tkazgichi) P simon, Ш simon va С simon shaklda bo‘ladi. Transformatorlarda ayrim plastinkalardan yig‘ilgan ferromagnit o‘zak ko‘ndalang kesim yuzining shakli turlicha bo‘ladi. Kichik quvvatli transformatorlarda kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda; o‘rtacha va katta quvvatli transformatorlarda doirasimon (zinapoya) shaklida bo‘ladi (5-rasm). Ferromagnit o‘zakni ayrim plastinkalardan yig‘ish tartibi 6-rasmda ko‘rsatilgan. Uch fazali transformatorlarda uch sterjenli magnit o‘tkazgich qo‘llaniladi (7-rasm, a). Bunda uchta sterjen ikkita yarmo bilan tutashadi. 7- rasm b da katta quvvatli uch fazali transformatorning uch sterjenli o‘zagini ayrim plastinkalardan yig‘ish tartibi ko‘rsatilgan. Katta quvvatli transformatorlarda ferromagnit o‘zakning qiziydigan ayrim qismlari orasida maxsus sovutuvchi kanallar bo‘ladi. Ba’zi transformatorlarda sterjen va yarmolar alohida tayyorlanadi, so‘ngra ular birlashtiriladi va mahkamlanadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling