1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet42/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Jez idishlar asosan suv qaynatish, qiyomlar pishirish va boshqalarda ishlatiladi. Bular alyumin va emallangan po‘lat idishlarga qaraganda juda chidamli. Jez idishlarga organik qislota, sut, yog‘ va boshqa mahsulotlar ta’sir qiladi. Shuning uchun taom tayyorlash, suv qaynatishga muljallangan jez idishlarning ichi qalay bilan ishlanadi. Qiyom pishiriladigan idishlar qalay suvi bilan ishlanmaydi. Qand va mevalardagi organik kis­lota jez eritilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kam ishlatiladigan jez idishlar vaqt o‘tishi bilan qorayadi va ko‘k dog‘lar bilan qoplanadi.
Cho‘yan idishlar asosan taomlarni qovurish uchun ishla­tiladi. Ular qora tusda chiqariladi, bir tomoni yoki ikki tomoni ham shisha emal bilan qoplanadi. Ko‘pincha cho‘yandan yasalgan idishlarning sirtqi tomoni dag‘alroq bo‘ladi. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib ishlatish kerak, aks holda zanglash hollari yuz berishi, organizm uchun zarar bo‘lmasa ham, taomning maza va rangiga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari temir tuzi vitaminlarni yemiradi. Emallangan cho‘yan idishlar gigiyenaga mos, organik kislota, ishqor, tuz ta’siriga chidamli bo‘ladi. Emali ko‘chgan idishlardan taom tayyorlashda foydalanish mumkin emas. Cho‘yan idishlar ham xuddi po‘lat va emallangan idishlar singari tozalanadi. Eng yaxshisi bunda osh sodasi ishlatilishi ma’qul.
Temir idishlarning turg‘unligi kuchli emas. Bunday idishlar oksidlanishga tez beriluvchan bo‘ladi, oksid taomdagi oz miqdordagi kislotada ham eruvchan bo‘ladi. Oqsidlanish natijasida temir tuzi taomning rangini qoraytirib yuborishi mumkin. Temir tuzi vitaminlarni ham yemirishi mumkin. Shuning uchun temir idishlardan, agar sirlanmagan bo‘lsa, oziq-ovqatlarda foydalanish mumkin emas. Taom sirtidagi yog‘ qatlami havodagi kislorod ta’sirini to‘sadi, metallning zanglashini cheklaydi.
Melxior va neyzilber idishlar asosan stol bezatishda ishlatiladi. Melxior (nikel va mis eritmasi) silliq va mustahkamligi bilan farq qiladi. Neyzilber (mis va qalayi qushilmasi) sifati jihatidan melxiorga o‘xshaydi. Bularning har ikkalasi ham o‘z xususiyatlari bo‘yicha yumshoq shiles berishga qulay, bulardan chiroyli shakldagi idishlar yasash mumkin. Sirlanmagan idishlar faqat manzarali bezatishlar uchungina ishlatiladi. Buyumlarning ichki va tashqi qismi kumush suvi yoki nikel bilan qoplanadi. Tirnalishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu idishlarni po‘lat buyumlar bilan birga saqlash tavsiya qilinmaydi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling