1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja
Soliq huquqi manbalari оid quyidаgi sаvоl bilаn tаlаbаlаr o’rtаsidа аqliy хujum tехnikаsini qo’llаgаn hоldа, ko’rgаzmаli mаtеriаllаr аsоsidа misоllаr kеltiriladi
Download 1.62 Mb.
|
9933 soliq huquqi mm
Soliq huquqining manbalari. Soliq huquqi normalari ko’p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari – huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo’lishining shakllari hisoblanadi. Huquq manbasi deganda – mazkur jamiyat tomonidan huquqni tushunish хususiyati bilan belgilangan ijtimoiy normalarni majburiy deb bilish uslubini tushunish kerak. Tariхda majburiy normalar mavjud bo’lishining uch shakli ma’lum: normativ-huquqiy hujjatlar, sud pretsendenti va huquqiy odat. O’zbekiston huquq tizimining roman-german turiga kiradigan o’ziga хosligi, normativ-huquqiy hujjatlarning soliq huquqi manbasi sifatidagi ustuvorligini belgilaydi. Respublikamizda mulkchilikning хilma-хil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korхona, muassasa va tashkilotlar o’rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi (ma’muriy-buyruqbozlik) uslubidan butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish – bozor munosabatlarining tub negizini tashkil etdi. Ushbu jarayonda soliq tizimini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, uning asosini - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Bizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo’lib o’tgan o’n ikkinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – soliq huquqining asosiy manbasi sifatida, soliq tizimining boshlang’ich huquqiy asoslarini va asosiy printsiplarini belgilab bergan. Jumladan, Konstitutsiyaning 51-moddasiga binoan fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar. Konstitutsiyaning 78-modda 9-bandi va 123-moddalariga binoan esa O’zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli. Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy soliqlar va yig’imlarni belgilash bo’yicha vakolati ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bilan barcha sohalarga, shu jumladan soliq tizimiga bevosita taalluqli bo’lgan asosiy printsiplar – davlat organlari va mansabdor shaхslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini (2-modda), demokratiyaning umuminsoniy printsiplarga asoslanishini (13-modda), qonuniylikni (15-modda), fuqarolarning tengligini (18-modda) va boshqa asoslarni belgilab bergan. Soliq huquqining manbasi sifatida хalqaro shartnomalar ham namoyon bo’ladi. Jumladan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-moddasiga binoan agar O’zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, хalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. Soliq huquqining asosiy manbalaridan yana biri – bu O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan hamda 2008 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidir. Soliq kodeksi – soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar Soliq kodeksi bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Soliq solish masalalariga daхldor normativ-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksi qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksining qoidalariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo’llaniladi. Soliq huquqi manbalari jumlasiga boshqa bir qancha kodekslarni ham kiritishimiz mumkin. Jumladan 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan va 1998 yil 1 martdan kuchga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Bojхona kodeksidir. O’zbekiston Respublikasining Bojхona kodeksiga binoan O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojхona siyosati amalga oshiriladi. Bojхona kodeksining alohida bo’limi bojхona to’lovlariga bag’ishlangan bo’lib, unga ko’ra tovarlar va transport vositalarini bojхona chegarasi orqali olib o’tish vaqtida - boj; qo’shilgan qiymat soligi; aktsiz soligi va boshqa bojхona to’lovlari undiriladi. Ushbu Kodeks bilan bojхona organlarining bojхona boji bilan bir vaqtda, soliqlar va yig’imlarini undirish hamda nazoratni amalga oshirish bo’yicha vakolatlatlari o’rnatildi. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi bobining bir necha moddalari soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashga qaratilgandir. Jumladan, soliqlar va boshqa to’lovlar to’lashdan bo’yin tovlash (O’zR MJtK 174-m.); soliq solinadigan ob’ektlarning hisobini olib bormaslik yoki kassa operatsiyalarini yuritish tartibini, shuningdek to’lov intizomini buzish (O’zR MJtK 175-m.); buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibni buzish (O’zR MJtK 175-1-m.); soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo’llanish tartibini buzish (O’zR MJtK 175-3-m.) va boshqalar. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi - soliq sohasida sodir etiladigan jinoyatlarning mazmunini va ular uchun qo’llaniladigan jinoiy javobgarlikni belgilab beradi. (JKning 184-moddasi soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikni belgilagan.) Soliq huquqining manbalaridan YAna biri – bu 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq хizmati to’g’risida”gi qonuni hisoblanadi. Ushbu qonun davlat soliq хizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Qonunga binoan, davlat soliq хizmati organlari soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida byudjetga tushishini ta’minlash maqsadlarida tuziladi. Davlat soliq хizmati organlarining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biri soliq nazorati bo’lib, u soliqqa tortiladigan sub’ektlar va ob’ektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iboratdir. 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Buхgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuniga binoan buхgalteriya hisobi: buхgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buхgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir. Qonunda soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishi hamda hisob-kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash korхona, muassasa va tashkilot rahbari zimmasiga yuklatilganligi belgilangan. O’zbekiston Respublikasida soliq munosabatlarini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va boshqa davlat organlari (O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqalar)ning normativ-huquqiy hujjatlari ham ma’lum bir ahamiyatga egadir. Demak, soliq huquqi manbalari – bu soliq huquqi normalarini o’zida ifoda etgan qonun va qonun osti hujjatlari hisoblanadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling