1-mavzu: statistika fanining predmeti va uslubi ko’rib chiqiladigan asosiy savollar


Download 24.34 Kb.
bet5/6
Sana09.01.2022
Hajmi24.34 Kb.
#260353
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu maruza matni

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Statistika fanining tarmoqlarini tushuntirib bera oladi;

  • Statistika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini izohlay oladi;


4-asosiy savolning bayoni:

Satistika ko’p tarmoqli ijtimoiy fandir. Statistika fani uchun umumiy xos bo’lgan hususiyatlarni statistikaning umumiy nazariyasi o’rganiladi. Agar statistika tarixi shu fanni kelib chikishi, shakllanishi, tashkil topishi va rivojlanishini o’rgansa, matematik statistika tarmoqlararo balanslarni tuzish, korrelyatsion tahlil usullarini qo’llash, ko’p variantli prognozlarni tuzish yo’llarini o’rganadi.

Ijtimoiy statistika aholi turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan barcha hodisalarni statistik usullarda batafsil o’rganadi. Aholi (demografik) statistikasi aholining sonini, tarkibi, dinamikasi, tabiiy o’sishi, migratsiyasi va xokazolarni o’rganadi.

Iqtisodiy statistika 2 ta yirik tarmoqqa bo`linadi. birinchi tarmoqdagi makroiqtisodiy statistika xalq xo`jaligi miqyosida ro`y berayotgan xodisa va voqealarni miqdoriy tomonlarini ularni sifat tomonlari bilan bog’lanishda olib boradi.

Mikroiqtisodiy statistikada ayrim tarmoqlar va korxonalar statistikasida (sanoat statistikasi, qishlok xo’jalik statistikasi va xokazolar) nazariy va iqtisodiy xo’jaligi ayrim tarmoq va xususiyatlarini hisobga oladigan ko’rsatikichlar tizimi aniqlanadi.

Statistika eng avvalo iqtisodiy nazariya fani bilan bog’langan. U ushbu fandan iqtisodiy kategoriyalar –qiymat, ish xaqi, tovar, mehnat unumdorligi, milliy daromad, foyda shu kabilar haqidagi tushunchani hamda iqtisodiy qonunlarni mohiyatini bilib oladi, keyin esa aniq sharoitda ularga qanday amal qilinayotganligini miqdor jihatdan belgilaydi.

Statistika falsafa fani bilan ham chambarchas bog’lik. Falsafaning sifat, miqdor va o’lchov mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, aloqadorlik va umumiylik kabi kategoriyalari statistika uchun katta ahamiyatga ega.

Statistika ayrim masalani o’rganayotganda boshqa fanlar ko’rsatmalarini xam hisobga oladi.

Bugungi kunda istiqlolni belgilash va davlat statistika qo`mitalari, viloyat statistika boshqarmalari, tuman va shaxarlardagi statistika bo`limlari statistika tizimini tashkil etadi. Idoralar, korxona va muassasalarda, tashkilot va vazirliklarda statistika bilan shug`ullanadigan bo`lim va guruxlar mavjuddir. Ular vazirlik, idora va tashkilotlar miqyosidagi statistika ishlarini olib boradi. Shuning uchun ular ma’muriy statistika deb yuritiladi.

Amaliyotda yagona xalq xo`jaligi hisobi joriy qilingan. Bu 3 turdagi hisobni o`z ichiga oladi:

1. Operativ-texnika hisobi;

2. Buxgalteriya hisobi;

3. Statistik hisob;

Operativ –texnika hisobi korxona ishi ustidan operativ boshqarishni tashkil etish uchun xizmat qiladi. Korxona ma’muriyati va ayrim ishlab chiqarish bo`limlarini ishi va holati xaqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlab turish –bu hisobning asosiy vazifasidir.

Buxgalteriya hisobi korxonaning moddiy va pul resurslari xarakatini hisobga oladi. U boshlang`ich xujjatlarga asoslanib, korxonaning moddiy va manaviy resurslaridagi xar bir o`zgarishni pulda hisoblab, korxonaning moddiy va pul resurslari xarakatini hisobga oladi. U boshlang`ich xujjatlarga asoslanib, korxonaning moddiy va moliyaviy resurslaridagi xar bir o`zgarishni pulda hisoblab ikki yoqlama yozish yo`li bilan qayd qiladi.

Statistik hisob xalq xo`jaligi miqiyosidagi hisob bo`lib, undagi sodir bo`ladigan xodisa va jarayonlarni umumlashtiradi va tegishli qonuniyatlarni aniqlaydi. Hisobga olinadigan ob’ekti, qo`llanish doirasi, asosiy hisoblash operatsiyalari natijalarini rasmiylashtirish bilan yuqoridagi hisoblardan farq qiladi.




Download 24.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling