1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
279 
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni: uning tuzilishi va 
mazmuni. Davlat sug‘urta nazoratining me’yoriy-huquqiy hujjatlari, ularning 
qabul qilinish tartibi va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinishi. Sug‘urta 
tashkilotlarining ustav kapitali. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari va ularni davlat 
ro‘yxatiga olish tartibi. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlarining Nizomi. Xususiy va 
boshqa mulk shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlari. Ularning ro‘yxatga 
olinishi va boshqaruv tuzilmasi va boshqa hujjatlarga murojaat qilish talab etiladi. 
Hujjatlar portfoliosi esse shaklda elektron pochta orqali professor-o‘qituvchiga 
yuboriladi. 
Talaba tomonidan taqdim etiladigan ikkinchi portfolio tashkiliy portfoliodir
Fuqarolik javobgarligi haqida tushuncha. Sug‘urta ob’ektlari va sub’ektlari. 
O‘zbekiston Respublikasining ”Transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” Qonunning iqtisodiy mazmuni. 
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 
Qonunning mazmun mohiyati. Xorijiy avtotransport vositalari egalarining uchinchi 
shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish. Kasbiy javobgarlik 
sug‘urtasi. Sug‘urta tarifi va sug‘urta summasi. Sug‘urta mukofotini to‘lash va 
sug‘urta polisini rasmiylashtirish. Sug‘urtalashning asosiy shartlari: sug‘urta 
risklari; tomonlarning huquq va majburiyatlari; umumiy istisnolar; sug‘urta 
muddati; regress va subrogatsiya. Sug‘urta shartnomasini bekor qilish va tugatish. 
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda taqdim etiladigan hujjatlar. Etkazilgan zararlarni 
aniqlash, to‘lanadigan sug‘urta summalarini hisoblash va ularni sug‘urta 
dalolatnomasida aks ettirilishini o‘rganilib referat tarzida elektron pochta orqali 
professor-o‘qituvchiga taqdim etiladi. 
Uchinchi portfolio tahlil portfoliosi bo‘lib, Sug‘urtada tarif stavka va uning 
tarkibiy qismlari. Brutto stavka. Netto stavka. Sug‘urta hodisasini ro‘y berish 
ehtimolligi va kutilayotgan sug‘urta qoplamalari hajmini aniqlash. Aktuar hisob-
kitoblar. Sug‘urta tarifi va unga ta’sir etuvchi omillar. Sug‘urta tarifiga yuklama va 
uning ishlatilish yo‘nalishlari. Hududlar va ob’ektlarga qarab sug‘urta tariflarini 
tabaqalashtirish amalga oshirilib, tahliliy hisobot shaklida elektron tarzda 
professor-o‘qituvchiga taqdim etiladi. 
Va nihoyat to‘rtinchi portfolio xulosa portfoliosi. Unda Xalqaro iqtisodiy 
faoliyatda risklar va ularni boshqarishda sug‘urtaning roli. Xalqaro yo‘nalishdagi 
transport vositalari yuklarini sug‘urtalash. Xalqaro savdo yuklarini sug‘urtalashda 
INKOTERMS talablari. Transport vositalari egalarining yuk egalari oldidagi 
fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash. Eksport shartnomalarini kompleks 
sug‘urtalash. Turistlarni sug‘urtalash. Eksport kreditlari sug‘urtasi. Siyosiy risklar 
tushunchasi. Investitsiyalarni siyosiy risklardan sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro 
institutlar, yirik sug‘urta kompaniyalari: MIGA (Butunjahon banki guruhi, 
AQSH), eKSIMBANK (AQSH), Germes (Germaniya), Kofase (Fransiya), 
SACHE (Italiya) va boshqalar. portfolio keys-stadi tarzida taqdim etiladi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling