1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

 
18-MAVZU: SUG’URTA TASHKILOTI ZAXIRALARI 


140 
REJA: 
1. Sug‘urta zahirasi haqida tushuncha. 
2. Sug‘urta zahiralarining turlari va ularini shakllantirishning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
1. Sug‘urta zahirasi haqida tushuncha 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son 
bilan ro‘yxatga olingan Moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son 
buyrug‘i bilan tasdiqlanagan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida 
NIZOMI” asosida sug‘urta zahiralari shakllantiriladi. SHuningdek, mazkur nizom 
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini hisoblash uslubi hamda 
shakllantirish va joylashtirish tartibi talablarni belgilaydi.
Sug‘urta zaxiralari bu - sug‘urta qildiruvchi tomonidan so‘m yoki xorijiy 
valyutada to‘langan sug‘urta mukofotlari hisobiga sug‘urtalovchi tomonidan 
shakllantiriladigan hamda sug‘urtalovchining balansida aktiv yoki majburiyat 
ko‘rinishida hisobga olinadigan, sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy 
majburiyatlarni bajarish, zararlarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar va 
ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar. 
Sug‘urta zaxiralari sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtaning har bir turi (klassi) 
bo‘yicha sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) 
to‘lash nazarda tutilgan valyutada shakllantiriladi. Sug‘urtalovchi buxgalteriya 
hisobotini tuzishda hisobot sanasiga sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan 
olingan moliyaviy natijalarini aniqlashda sug‘urta zaxiralari hajmini hisoblaydi. 
Sug‘urta 
zaxiralari 
hisob-kitobi 
sug‘urtalovchining 
hisob 
va 
hisobot 
ma’lumotlariga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling