1-mavzu: Suv tashlovchi, suvdan bo‘shatuvchi va suv chiqaruvchi inshootlar. Ularning axamiyati va turkumlanishi Reja


Orol dengizi havzasi yer resurslari (ming ga)


Download 255.46 Kb.
bet2/9
Sana03.12.2023
Hajmi255.46 Kb.
#1800414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

Orol dengizi havzasi yer resurslari (ming ga)



*Faqat Orol dengizi havzasida joylashgan viloyatlari kiradi.

Orol dengizi havzasi hududini ikkita asosiy zonaga bo‘lish mumkin: Turon tekisligi va tog‘ zonasi. Orol dengizi havzasining Turon tekisligi chegarasidagi g‘arbiy hamda shimoli-g‘arbiy qismlari Qoraqum va Qizil- qum cho‘llarini o‘z ichiga oladi. Sharqiy va janubi-sharqiy qismlari Tyan-shan va Pomir tog‘ tizmalarining baland tog‘li zonalariga kiradi. Havzaning qolgan qismi allyuvial va tog‘lar o‘rtasidagi vodiy, quruq yarim quruq dashtlardan tashkil topgan. Ushbu mamlakatlardagi relyefning turli shakllari suv, yer va mintaqa aholisi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlariga ta’sir etadigan ma’lum bir shart-sharoit hosil qilgan. Qirg‘iziston va Tojikistonning 90% ga yaqin hududini tog‘lar egallaydi. Bu bir tomondan ikkala mamlakat uchun havzada suv resurslarini hosil qilishda monopoliyaga ega ekanligini keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan ishlov beriladigan yer tanqisligini belgilaydi. Mintaqa eng muhim xususiyati bo‘lib, butun hududning ozroq qismini egallagan, lekin qadimdan yashash uchun qulay shart-sharoit (suv, yog‘in-sochin, eng hosildor yerlar va h.k.) mavjud bo‘lganligi tufayli inson faoliyat olib boradigan va istiqomat qiladigan markaz bo‘lgan vohalar (Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Toshovuz, Mari, Zarafshon, Toshkent-Chimkent) hisoblanadi.


Markaziy Osiyoda qishloq aholisining asosiy bandlik sohasi bo‘lib qishloq xo‘jaligi hisoblanadi, hozirgi paytda undan aholining 60% ga yaqini ishlaydi va shunga ko‘ra, mintaqadagi mamlakatlar rivoji uchun agrar sektor samaradorligi alohida o‘rin tutadi. Markaziy Osiyoning agrar mintaqa sifatida gullab-yashnashi qadimdan yerdan foydalanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan.
Keltirilgan ma’lumotlar (1.1-jadval)dan ko‘rinib turibdiki, umumiy 154,9 mln ga yer maydonidan 59,1 mln ga yer ishlov berishga yaroqli, shundan faqat 10 mln ga yerdan foydalaniladi. Ishlov beriladigan yerlarning yarmi vohalarda joylashgan (tabiiyki, ular zovurlashtirilgan va unumdor hisoblanadi). Yerning qolgan yarmi esa ulardan foydalanishni yo‘lga quyish uchun murakkab va qimmat meliorativ tadbirlar (uning tarkibida zovur yotqizish, tekislash ishlaridan tashqari tuproq strukturasini yaxshilash ham bor) o‘tkazishni talab qiladi. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlar notekis taqsimlangan: Qozog‘iston va Turkmanistonda ko‘p, qolgan uchta mamlakatda esa yerlar butunlay (Qirg‘iziston, Tojikiston) yoki yarim, zonalar (O‘zbekistonda – Xorazm, Samarqand viloyatlari, Farg‘ona vodiysi)da yetishmaydi.
Orol dengizi havzasida mavjud suv resurslari. Havzadagi suv resurslari yer ustidagi va yer ostidagi kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy, shuningdek, antropogen kelib chiqishiga ega qaytar suvlardan iboratdir. Barcha suv resurslari Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tegishli. Faqat Qashqadaryo, Zarafshon, Murg‘ob va Tejen daryolari mustaqil (biror joyga quyilmaydigan, Amudaryo daryosiga intiladigan) havzalarni hosil qilishadi.
Yer usti oqimining shakllanishi. Mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning hududini yer usti oqimini uchta asosiy zonaga bo‘linishi hisoblanadi: 1) oqimning shakllanishi zonasi (tog‘li viloyatlarda to‘yinishi viloyati); 2) oqimni o‘tkazish (tranzit) va tarqalish zonasi; 3) delta zonasi. Odatda, oqimning shakllanish zonasida sezilarli antropogen o‘zgarishlar yo‘q, biroq yirik to‘g‘onlar va suv omborlari qurilishi tufayli bu zonaning chegarasida daryoning quyida joylashgan (uchastkalari) qismi uchun oqim rejimi keskin o‘zgarib ketadi. Oqimning o‘tkazish (tranzit) va tarqalish zonasida daryolar hamda suv yig‘ish hududi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xo‘jaligi sanoat va qishloq xo‘jaligi (dalalarni sug‘orish) uchun daryolardan suv olish hamda tuzlar, kimyoviy unsurlar va boshqa suvni ifloslantiruvchilar tarkibida mavjud bo‘lgan oqova suvlarni daryolarga tashlanishi bilan izohlanadi.
Amudaryo Markaziy Osiyoning eng yirik sersuv daryosi hisoblanadi. Uning uzunligi daryoning boshi (manbayi) Panj bilan birgalikda 2540 km ni tashkil etadi. Panj ikkinchi irmoq Vaxsh bilan qo‘shilgandan boshlab Amudaryo deb ataladi.O‘rta qismida Amudaryoga uchta yirik o‘ng irmoqlar (Kofirnigon, Surxandaryo va Sherobod) va bitta chap irmoq (Qunduz) quyiladi. Shundan boshlab to Orol dengizigacha Amudaryo birorta ham irmoqqa ega emas. Daryo to‘yinishi, asosan, qor va muzlarning erigan suvlari hisobiga bo‘lib, shunga ko‘ra eng ko‘p suv sarfi yilning yoz oylari, eng kichik suv sarfi esa yanvar – fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Oqimning yil davomida bunday taqsimlanishi daryo suvidan sug‘orish maqsadlari uchun juda katta qulaylik yaratadi. Amudaryo Kerkidan Nukusgacha tekislik bo‘ylab oqib o‘tar ekan, o‘z oqimining katta qismini bug‘lanish, shimilish (filtratsiya) va sug‘orishga sarf qiladi. Loyqaligi bo‘yicha Amudaryo Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda esa oldingi o‘rinlardan birida turadi. Amudaryoning asosiy oqimi Tojikiston hududida shakllanadi, so‘ngra Afg‘oniston bilan O‘zbekistonning chegarasi bo‘ylab oqadi, Turkmanistonni kesib o‘tadi va O‘zbekiston hududida Orol dengiziga quyiladi.
Sirdaryo – Markaziy Osiyoda sersuvligi bo‘yicha ikkinchi va uzunligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan daryo hisoblanadi. Uning boshlanish qismi (manbayi) Norindan boshlab umumiy uzunligi 3019 km ni, havza maydoni esa 219 ming kv km ni tashkil etadi. Sirdaryoning manbayi Markaziy (ichki) Tyan-shan hisoblanadi, uning ikki irmog‘i Norin va Qoradaryo birlashgandan so‘ng Sirdaryo deb atala boshlaydi.To‘yinishi muz va qor erishi, ko‘proq qor erishi hisobidan bo‘ladi. Suv rejimi uchun yoz bahorgi – yozgi suv ko‘payishi (toshqini) bilan tavsiflanadi va bu holat aprel oyidan boshlanib, iyun oyiga eng ko‘p oqim to‘g‘ri keladi. Sirdaryoning asosiy oqimi Qirg‘iziston hududida shakllanadi, keyin O‘zbekiston va Tojikiston hududlarini kesib o‘tadi hamda Qozog‘iston hududida Orol dengiziga quyiladi.
Suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish uchun har bir havzani suv xo‘jalik tumanlari va rejalashtirish zonalariga bo‘lib olish qabul qilingan. Suv xo‘jalik sub-tumanlari (SXST) – katta suv oqimi, bosh daryoning uchastkasi va hokazolar bilan bog‘liq va suv havzasining alohida qismi sifatida hamda suv resurslarini boshqaruvchi va ulardan foydalanishning ajratilgan birligi deb qaralishi mumkin. Rejalashtirish zonasi – bu sub-mintaqaning bir xil tabiiy va ma’muriy tavsifga ega alohida qismi bo‘lib, u sug‘orish va boshqa antropogen faoliyat bilan aniqlanadi hamda daryo (suv xo‘jaligi sub-mintaqasi) bilan suv olish va suv tarqatish inshootlari orqali bog‘langan suv iste’molchisi deb qaraladi va uning hududida suvdan foydalanishi asosida milliy mahsulot va foydaning bir qismi yaratiladi, aholining suvga, oziq-ovqat mahsulotlariga va ijtimoiy bandlikka bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi.
Amudaryo havzasi 13 ta SXST (Vaxsh, Panj, Kofirnigon, Surxandaryo, Qashqadaryo, Qarshi, Zarafshon, Buxoro, Qoraqum, Turkman qirg‘og‘i, Xorazm, Doshhovuz, Qoraqalpog‘iston) va 21 ta rejalashtirish zonasiga bo‘lingan. Sirdaryo havzasi xuddi shunga o‘xshash 6 ta SXST (Norin, Qoradaryo, Farg‘ona vodiysi, O‘rta qism, Chakir, Quyi qism- Chordara suv omboridan keyin) va 23 ta rejalashtirish zonasiga bo‘lingan.
Yer usti suv resurslari. Gidrologik kuzatuvlar asosida Orol dengizi havzasidagi daryolarning Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari bilan birgalikdagi umumiy resurslari baholab chiqilgan. Kuzatuvlarning butun davri (1911/1914–2000-yillar) davomida oqim yig‘indisining o‘rtacha arifimetik qiymati Orol dengizi havzasi bo‘yicha bir yilda 112609 mln m3 ni, shu jumladan bir yilda Amudaryo bo‘yicha 77093 mln m3 ni va Sirdaryo bo‘yicha 34076 mln m3 ni tashkil etar ekan.
Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi daryolar yillik oqimi gidrograflar yig‘indisini tahlili kuzatuvlarning butun davri davomida yillik oqimning vaqt davomida ma’lum bir o‘zgaruvchanlik davriyligiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Masalan, Sirdaryo havzasi gidrografida 1928-yildan boshlab 1997-yilgacha oltita 12 yillik davriylik, Amudaryo gidrografida esa 1934-yildan to 1992-yilgacha uchta 19 yillik davriylik mavjudligi aniqlandi.
Har bir havzadagi daryolar oqimi yig‘indisini o‘rtacha yillik qiymatini baholash ulardagi suv oz-ko‘pligi (sersuvligi) o‘zgaruvchanligining ikki yoki uchta to‘liq davriyligiga mos keladigan qatorning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu esa ma’lum bir ahamiyatga molik barcha, ya’ni suv oz va suv ko‘p bo‘lgan yillarni hisobga olish imkonini beradi. Sirdaryo havzasidagi daryolar uchun esa 1951-yildan 1974-yilgacha, Amudaryo havzasidagi daryolar uchun esa 1934-yildan 1992-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlar qatori qabul qilinganligini e’tiborga olib, ushbu qatorlar bo‘yicha oqim me’yorining baholashni 1.2- va 1.3-jadvallarda keltiramiz.
1.2-jadval

Download 255.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling