1-mavzu: Suv tashlovchi, suvdan bo‘shatuvchi va suv chiqaruvchi inshootlar. Ularning axamiyati va turkumlanishi Reja


Amudaryo daryosining havzasidagi tabiiy daryo oqimi (1934-1992-yillar uchun sersuvlikning uchta davriyligi bo‘yicha o‘rtachayillik oqim, km3/yil)


Download 255.46 Kb.
bet3/9
Sana03.12.2023
Hajmi255.46 Kb.
#1800414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

Amudaryo daryosining havzasidagi tabiiy daryo oqimi (1934-1992-yillar uchun sersuvlikning uchta davriyligi bo‘yicha o‘rtachayillik oqim, km3/yil)

Shunday qilib, Sirdaryo havzasi daryolari uchun o‘rtacha ko‘p yillik oqim qiymati 37203 mln m3/ yil, Amudaryo havzasi daryolari uchun esa 79280 mln m3/ yil qabul qilingan. Demak, Orol dengizi havzasida yer usti (daryolar) suvlarining o‘rtacha ko‘p yillik resurslari yig‘indisi 116483 mln m3/yil ni tashkil etar ekan.
1.3-jadval
Sirdaryo daryosi havzasidagi tabiiy daryo oqimi (1951-1974-yillar sersuvlikning ikki davriylik davri uchun o‘rtacha ko‘p yillik oqim, km3/yil)

Suv resurslarining yillik qiymati sersuvlilikning o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq ravishda suv tanqis yillar (95% li ta’minlanganlik) dan suv ko‘p yillar (5% li ta’minlanganlik) gacha quyidagicha, ya’ni Amudaryo bo‘yicha 58,6 km3 dan 109,9 km3 gacha, Sirdaryo bo‘yicha esa 23,6 km3 dan 51,1 km3 gacha o‘zgarib turadi.
Quyida keltirilgan 1.4-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Orol dengizi havzasidagi umumiy oqimning 25,1% Qirg‘izistonda, 52% Tojikistonda, 9,6% O‘zbekistonda, 2,1% Qozog‘istonda, 1,2% Turkmanistonda va 10% esa Afg‘onistonda va Eronda shakllanadi.
Shunday qilib, asosiy daryolar va irmoqlarning yer usti suvlari (transchegaraviy hisoblanadi) bir necha mamlakatlarning chegaralaridan o‘tadi va ular tomonidan foydalaniladi, shu bilan bir qatorda mahalliy irmoqlarning katta qismi ayniqsa, Farg‘ona vodiysida ikki va undan ortiq davlatlarga xizmat qiladi. Isfara, Shohimardon, So‘x, Keles kabi daryolar bunga misol bo‘la oladi.
1.4-jadval
Orol dengizi havzasida tabiiy daryo oqimi yig‘indisi (o‘rtacha ko‘p yillik oqim, km3/yil)

Yer osti suvlari. Orol dengizi havzasidagi yer osti suvlarining qayta tiklanuvchi resurslari kelib chiqishga ko‘ra ikki qismga va suv yig‘iladigan hududda tog‘larda va tabiiy holda shakllanadigan hamda sug‘oriladigan hududlarda shimilish (filtratsiya) ta’sirida shakllanadigan ko‘rinishlarga bo‘linishi mumkin. Havza hududida jami bo‘lib yer osti suvlarining 339 ta manbasi qidirib topilgan va foydalanish uchun tasdiqlangan, ularning umumiy mintaqaviy zaxirasi 31,17 km3 deb baholanadi va shundan 12,7 km3 Amudaryo havzasiga va 16,4 km3 esa Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi.
Qidirib topilgan ko‘pgina yer osti suvlari yer usti oqimi bilan kuchli gidravlikaviy o‘zaro bog‘liqlikka ega, bu bog‘liqlik yer osti suvlari haddan tashqari olina boshlasa, yer usti suvlarining kamayishi orqali namoyon bo‘ladi.
Yer osti zaxiralaridan ushbu holatni hisobga olib va har bir jihozlangan quduqlar quvvatiga ko‘ra suv olish uchun ruxsat berildi.
Zaxiraning tasdiqlangan umumiy hajmi 13,1 km3 ni tashkil etadi (1.5-jadval). Turli xil suvdan foydalanuvchilar uchun yer osti suvlarining jami olinadigan miqdori bir yilda 10,0 km3 atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1990-yillarda 14,0 km3 dan ko‘proqni tashkil etar edi.
Kelgusida yer osti suvlaridan foydalanish faqat tasdiqlangan zaxiralar chegarasida amalga oshiriladi.
Yer osti suv havzalarining kattagina qismi ikki davlat hududida shakllanadi va transchegaraviy hisoblanadi, ya’ni ikkalasining ham chegaralarini qamrab oladi (masalan:Mirzacho‘l, Dalvarzin, Kofirnigon, Farg‘ona va sh.k.). Ulardan suv olish hajmi ortib borishi va suv tanqisligi ko‘paygan sari yer osti suv havzalarini rostlash, nazorat qilish, tugab qolmaslik va ifloslanmasligining oldini olish uchun xalqaro litsenziyalash shuningdek, kelgusida me’yorida suvdan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari vujudga kela boshlaydi.
1.5-jadval

Download 255.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling