1-mavzu: Suv tashlovchi, suvdan bo‘shatuvchi va suv chiqaruvchi inshootlar. Ularning axamiyati va turkumlanishi Reja


Respublikadagi asosiy yirik kanallar


Download 255.46 Kb.
bet6/9
Sana03.12.2023
Hajmi255.46 Kb.
#1800414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

1.8-jadval
Respublikadagi asosiy yirik kanallar

1.9-jadval
Respublikadagi asosiy suv omborlari

Hozirgi paytda respublikamiz qudratli suv xo‘jaligi majmuasiga ega, uning tarkibida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd m3 bo‘lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 230 ta xo‘jaliklararo sug‘orish tizimida 117 mingdan ortiq gidrotexnika inshootlari, 32,4 ming km xo‘jaliklararo kanallar, 176,4 ming km ichki sug‘orish tarmoqlari, 31 ming km xo‘jaliklararo, 106,3 ming km xo‘jalik ichki zovur tarmoqlari, 13 mingga yaqin nasos agregatlari, 2 mingdan ortiq sug‘orish quduqlari, 4800 dan ortiq tik zovur quduqlari mavjud. Mamlakatimizdagi asosiy yirik kanallar va suv omborlari haqidagi ma’lumotlar 1.8-, 1.9 - jadvallarda keltirilgan.
Gidrotexnika inshootlari (GTI) xavfsizligi (murakkab tabiiy-texnik tizimlar sifatida), ularning kelajakdagi holatini bashorat qilish o‘ta muhim, juda murakkab va o‘ziga xos vazifa hisoblanadi. GTI baholanadigan barcha ko‘rsatkichlar orasida ularni ishonchliligi va xavfsizligi muammosi eng asosiysi hisoblanadi. Ayniqsa, bu 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi Qonunning hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 398-sonli «Yirik va o‘ta muhim suv xo‘jaligi obyektlarini xavfsiz ishlashi va foydalanish davridagi ishonchliligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorini qabul qilinishi bilan yana ham dolzarb masalaga aylandi.
«Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi Qonun 15 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida Qonunning maqsadi yoritilgan, ya’ni gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir.
Qonunning 2-moddasi «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari» va 3-moddasi esa «Asosiy tushunchalar» deb atalib, ularda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat ekanligi, Qonunda esa asosiy tushunchalarga gidrotexnika inshootlari, foyda-lanuvchi tashkilot, favqulodda vaziyat, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi, gidrotexnika inshootining xavfsizligi mezonlari, gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo‘l quyiladigan darajasi kabilar kirishi belgilab quyilgan va ularga tavsif keltirilgan.
Qonunning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi vakolatlari, 5-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi vakolatlari haqida so‘z borsa, 6-modda «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati»ga bag‘ishlangan.
Qonunning 7-moddasida gidrotexnika inshootlarining kadastri, 8-moddasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashga quyiladigan asosiy talablar, 9-moddada gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydalanuvchi tashkilotning majburiyatlari o‘z ifodasini topgan.
Gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi 10-moddada bayon qilingan bo‘lib, unda gidrotexnika inshootini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, undan foydalanish, uni foydalanishdan chiqarish bosqichlarida, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tiklash yoxud konservatsiyalashdan keyin foydalanuvchi tashkilot gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tuzish, deklaratsiyani tuzish tartibi haqida so‘z boradi.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyalarining davlat ekspertizasi Qonunning 11-moddasidan gidrotexnika inshootlarini tekshirish 13-moddada, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish 14-moddada, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 15-moddada keltirilgan.
«Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 10-avgustdagi Qarori amalga kiritilgan.
Mazkur Qarorga ko‘ra «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan, ya’ni 1999-yil 20-avgustdan e’tiboran amalga kiritilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi Qonunga muvofiqlashtirish, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash belgilab quyildi va ushbu Qonunning barcha moddalari bo‘yicha tegishli ishlar mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiyotimizning muhim bo‘g‘inlaridan bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunga Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan qishloq va suv xo‘jaligiga oid qonunlar, farmonlar hamda qarorlar alohida huquqiy munosabatlarini joriy etib, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq katta imkoniyatlarni ochib berdi.
O‘zbekiston Respublikasida suvga doir munosabatlarni tartibga solish, aholi va iqtisod tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishni, suvni behuda isrof bo‘lishining oldini olishni va suvning zararli ta’sirlarini bartaraf etish kabi vazifalarni hal qilish hamda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, fuqarolarning suvga doir munosabatlar sohasida huquqlarini himoya qilish maqsadida 1993-yil 6-mayda «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazorati, suvdan foydalanish obyektlari va ularni foydalanishga berish shartlari, suvdan foydalanuvchilarni huquqlari va burchlari kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, qonunning maxsus boblarida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida suv obyektlaridan foydalanish tartiblari to‘la yoritilgan.
Markaziy Osiyo regionini suv bilan ta’minlovchi manbalarning chegaralanganligi, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘pgina tarmoqlarda suvga bo‘lgan talabning yildan-yilga ortib borishini e’tiborga olgan holda, qonunning 30-moddasida barcha suv iste’molchilariga nisbatan suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi belgilangan bo‘lib, unda, suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi ma’muriy-hududiy taqsimlash qoidasi, suv havzalari va har bir suvdan foydalanuvchi bo‘yicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar hamda konchilik nazorat qilish davlat organlari bilan kelishib belgilanishi, suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanib, unga rioya etish idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar barcha suvdan foydalanuvchilar uchun majburiyligi, suv tarmoqlari obyektlarini asrash va tiklash, bu sohada xizmat qiluvchi xodimlarni moddiy ta’minlash maqsadlarini ko‘zlab, suvdan limit bo‘yicha foydalanish bilan bir qatorda yoki qisman haq to‘lab foydalanish joriy etilishi, suv uchun to‘liq yoki qisman haq to‘lashni joriy etish, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, shuningdek bunga rioya etilishini nazorat qilish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqoridagi moddadan kelib chiqqan holda suv va suv resurslari taqchilligi kuchayotgan sharoitda aholi va xalq xo‘jaligini suv bilan kafolatli ta’minlash va undan tejamli hamda samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustda qabul qilingan 385-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish bo‘yicha vaqtinchalik tartib»i amalga kiritildi.
Ushbu tartibga binoan suvdan foydalanuvchilar bo‘yicha suv miqdorini cheklash uchun mo‘ljallangan suv hajmlari:
1) daryolarning haqiqiy sersuvligidan kelib chiqib, respublikalararo qarorlar bilan belgilangan cheklashlar bo‘yicha tuzatishlar hisobga olingan holda suv manbalari (bir necha respublika hududidan oqib o‘tadigan Amudaryo va Sirdaryo daryolari hamda ularning irmoqlari) hajmidan;
2) O‘zbekiston hududidagi haqiqiy sersuvligidan, shuningdek qayta tartibga solinganligi va bir o‘zandan ikkinchi o‘zanga tashlanganligidan kelib chiqib, kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan yer usti suv manbalari hajmidan;
3) yer osti suvlarining foydalanilayotgan zaxirasidan olingan suv hajmidan;
4) oqova suvlardan qayta foydalanish hajmidan iborat.
Suvdan foydalanish uchun belgilangan suv hajmlari eng cheklangan hisoblanadi va ular suv taqchilligi sharoitlarida kamaytirilishi mumkin. Ustuvor sohalarning suvdan foydalanish hajmi har yili ortib borishi hisobga olingan holda sug‘orish uchun cheklangan suv miqdorlari kamaytirilib boriladi deb ko‘rsatilgan.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunda suvdan foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olish va rejalashtirishga doir maxsus bob bo‘lib, uning 107–113-moddalarida suvni va undan foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olish, davlat suv kadastri yuritish, suv xo‘jaligi balanslari tuzish hamda suvlardan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning jadvallarini ishlab chiqish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqorilaridagidan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining 385-sonli qarorida ham maxsus bandlar kiritilgan bo‘lib, ularda suv olish va uni hisobga olish belgilangan me’yorlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv olish inshootlari (xo‘jalik taqsimlagichi bosh inshooti, kanal, quduq, nasos stansiyasi va boshqa suv olish inshootlari)da amalga oshirilishi, suv olish inshootini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va shartnoma tuzmasdan har qanday manbadan suv olish tasdiqlangan tartibni buzish deb qayd qilinishi, noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan suv olish deb hisoblanishi va suv olish qurilmasini nazorat qilish har kuni suv xo‘jaligi tashkiloti va suvdan foydalanuvchining har bir suv olish inshootiga biriktirib quyilgan mas’ul shaxslari tomonidan maxsus hisobga olish jurnallariga imzo chekish bilan olib borilishi belgilab quyilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 290-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra vazirlikka irrigatsiya tizimlarini havzalar bo‘yicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti va suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish vazifasi yuklatilgan. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyulda «Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi 320-sonli qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining mavjud suv xo‘jaligi tashkilotlari va xizmatlari tuzilmalari hamda uning hududiy bo‘linmalari negizida: Norin-Qoradaryo irrigatsiya havza boshqarmasi; Norin-Sirdaryo irrigatsiya havza boshqarmasi; Sirdaryo-So‘x irrigatsiya havza boshqarmasi; quyi-Sirdaryo irrigatsiya havza boshqarmasi; Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya havza boshqarmasi; Amu-Surxon irrigatsiya havza boshqarmasi; Amu-Qashqadaryo irrigatsiya havza boshqarmasi; Amu-Buxoro irrigatsiya havza boshqarmasi; quyi-Amudaryo irrigatsiya havza boshqarmasi; Zarafshon irrigatsiya havza boshqarmasi shuningdek, birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan farg‘ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi va amalga oshirildi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining zimmasiga irrigatsiya tizimlari va suv xo‘jaligi inshootlarini texnik ishonchligini ta’minlash, havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uni tezkorligini oshirish, suv iste’molchilari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

1. Quvurli suv chiqargichlar


Suv omborida to’planadigan suv zaxirasi sug’orish, suv ta’minoti, yaylovlarga suv chiqarish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Suv omboridan suvni ular yordamida olib va suv o’tkazuvchilarga uzatish (ko’proq kanallar) va istemolchiga etkazib berish suv chiqaruvchi inshootlar yordamida amalga oshiriladi.


Sug’orishga suv chiqarish bahor - yoz oylarida va qisman kuz davrida amalga oshiriladi. Boshqa maqsadlar uchun, masalan suv ta’minoti va gidroenergetika uchun suv yil davomida to’xtovsiz olinadi. Istemolchiga beriladigan suv miqdor vaqt bo’yicha o’zgaradi. Chiqariladigan suv sarflarining o’zgarishi sutka davomida ham ro’y beradi. Suv chiqarish inshootida sarflarni rostlash zatvorlar bilan boshqariladi.

Download 255.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling