1-mavzu: Suv tashlovchi, suvdan bo‘shatuvchi va suv chiqaruvchi inshootlar. Ularning axamiyati va turkumlanishi Reja


Chiqishda o’rnatilgan zatvorli bosimli quvur turidagi suv chiqargich


Download 255.46 Kb.
bet7/9
Sana03.12.2023
Hajmi255.46 Kb.
#1800414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

Chiqishda o’rnatilgan zatvorli bosimli quvur turidagi suv chiqargich. Bunday turdagi suv chiqargichlar uncha katta bo’lmagan suv omborlarida (havzalar) sarf 0,3...0,5 m3/s katta bo’lmaganda qo’llaniladi (27.1-rasm).





27.1-rasm. Chiqishda o’rnatilgan zatvorli bosimli quvur turidagi suv chiqargich: 1-quvur; 2-diafragmalar; 3-zatvor; 4-suv urilma quduq; 5-ketuvchi kanal.

Suv chiqargich zamindagi tabiiy gruntda to’g’on tanasi tagida yotqizilgan quvurni ifodalaydi. Ko’proq zavodda ishlab chiqilgan metall, temir-beton, hamda abestotsement quvurlar qo’llaniladi. Zatvor turidagi zadvijka quvurning chiqish qismida o’rnatiladi.


Suv chiqargich bosimli rejimda ishlaydi, quvurning chiqish kesimidan keyin, suv energiyasini so’ndirish uchun suv urilma devor yoki boshqa turdagi so’ndirgich o’rnatiladi. Grunt bilan quvur tutashgan joyda filtratsiya suvlariga to’sqinlik (qarshilik) qilish uchun, quvur uzunligi bo’yicha bir nechta diafragmalar o’rnatiladi.
Kirishda o’rnatilgan zatvorli bosimsiz turidagi quvurli suv chiqargich. Zatvorlarni quvurning chiqish qismida o’rnatish suv chiqarish ekspluatatsiyasini yaxshilaydi. Bunda gidravlik rejim bosimsiz belgilanadi, buning natijasida belgilangan FHS da suv chiqargichdan keyin kanalda suv sathi ko’tariladi, demak sug’oriladigan maydonlardagi o’zi oqar suv sathi oshadi (27.2-rasm).
Suv sarflari zatvorlar bilan boshqariladi, ularni suv chiqargichning kirish kallagida joylashtiriladi. Zatvorlar beton kallakka tayangan ko’tarib turuvchi ustunlarga o’rnatilgan xizmat ko’prigidan boshqariladi. Bunday suv tashlagichlar bosim 7 m gacha bo’lganda qo’llaniladi.
Suv chiqargich quvurlari zamindagi tabiiy gruntda yotqiziladi. Suv chiqarish sarfi oshganda kirish va chiqish shakllari umumiy bo’lgan ikki - uch qatorli quvurlar qo’llaniladi. Energiya chiqish kallagiga zich tutashgan suv urilma quduqda so’ndiriladi.





27.2-rasm. Bosimsiz quvur turidagi suv chiqargich: 1-keluvchi uchastka; 2-betonli kallak; 3-zatvor; 4-bosimsiz quvur; 5-xizmat ko’prigi.

2. Minorali suv chiqargichlar.


Bunday turdagi inshootlar III va IV sinfli gruntli to’g’onlarda keng qo’llaniladi. Minorali suv chiqargich quyidagi asosiy qismlaridan tashkil topadi: bosimli quvur yoki ochiq kanal ko’rinishidagi keluvchi uchastka; minora; ketuvchi bosimsiz quvur; energiya so’ndirgichlar; xizmat ko’prigi; minora ustidagi qurilgan bino (27.3-rasm). Minora uchta xarakterli holatda bo’lishi mumkin (27.4-rasm): yuqori qiyalik tovoni oldida; taxminan uning o’rtasida; to’g’on tepasi cheti oldida. Shu bilan bir qatorda u uchta asosiylarga nisbatan ixtiyoriy oraliqdagi holatda bo’lishi mumkin.








Download 255.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling