1-mavzu: Suv tashlovchi, suvdan bo‘shatuvchi va suv chiqaruvchi inshootlar. Ularning axamiyati va turkumlanishi Reja


Download 255.46 Kb.
bet8/9
Sana03.12.2023
Hajmi255.46 Kb.
#1800414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

27.3-rasm. Minorali suv chiqargich: 1-minora; 2- minoradagi zatvorlar;3-bosimsiz quvur; 4-suv urilma quduq; 5-ketuvchi kanal; 6-xizmat ko’prigi; 7-minora ustiga qurilgan bino.

Minora yuqori qiyalik tovoni oldida joylashtirilganda (27.4-rasm, a) keluvchi kanal bo’lmaydi, suvni cho’kindilarga juda kam to’yingan suv omborining yuqori qatlamlaridan olish mumkin. Bunda minoraning oldi tomoni bo’yicha derazalar o’rnatiladi va ular zatvorlar bilan to’siladi. Minorani shandorli devor o’rnatiladi, bunday joylashtirishda uzun xizmat ko’prigi tashlab qilinadi, minoraning ustivorligi kamroq bo’ladi, chunki u umumiy balandligi bo’yicha to’lqin, muz va shamol ta’siri kuchlari ostida bo’ladi.



27.4-rasm. Minorani joylashtirish variantlari: a-yuqori qiyalik tovoni oldida; b-taxminan qiyalikning o’rtasida; v-to’g’on tepasi cheti oldida.

Minora to’g’on tepasi oldida joylashtirilganda (27.4-rasm, v) xizmat ko’prigi bo’lmaydi, minoraning ustivorligi oshadi, lekin uzun bo’lgan bosimli keluvchi uchastka hosil bo’ladi, suvni cho’kindilarga ko’proq to’yingan suv omborining faqat pastki qatlamlaridan olish mumkin.


Minora taxminan yuqori qiyalik o’rtasida joylashtirilganda, ko’rsatilgan ikki holat oralig’ida bo’ladi. Bu sxema gidromeliorativ qurilish amaliyotida ko’p uchraydi (27.5-rasm, b).
Minora zatvorlarni boshqarish uchun mo’ljallanadi. Unda ikkita zatvor o’rnatiladi. Birinchisi keluvchi uchastka tirqishini yopadi va ta’mirlash va kuzatish holatlarida minorani bekitish uchun mo’ljallanadi, ikkinchisi esa minoraning qarama - qarshi devoriga o’rnatiladi ketuvchi suv o’tkazadigan tirqishni yopadi, u istemolchiga uzatiladigan sarfni rostlash uchun ishlatiladi. Minorali suv chiqargichlarda yassi zatvor qo’llaniladi, ularning pazlari minoraning ichki tomonida o’rnatiladi. Zatvorlarni ochilib - yopilishi minorada joylashgan ko’tarib - tushirish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Zatvorning harakatlanuvchi qismi sharnir yordamida metall shtanga bilan birlashtiriladi. U chig’ir orqali zatvorni ko’tarish va tushirishni ta’minlaydi. Minora kesimi doiraviy, kvadrat va to’g’ri burchakli bo’lishi mumkin.
To’g’on tepasi sathida minora plita bilan yopiladi. Minoraning planda o’lchamlari 3...4 m dan katta bo’lsa qovurg’ali yopmalar qo’llaniladi. Minora ustiga plita yuqorisiga bino quriladi. Undan xizmat qilish xonalari sifatida foydalaniladi, unda zatvorlarni boshqaradigan mexanizmlar joylashtiriladi. Yopmada qopqoqli tuynuk mo’ljallanadi, zatvorlarga tushish uchun minora devorlari bo’yicha tutqichlar o’rnatiladi. Xizmat qilish xonasi to’g’on tepasi yoki qirg’oq bilan ko’prik orqali birlashtirladi.
Minoradan ketuvchi vodovod (suv o’tkazuvchi) kesimi ko’pincha to’g’ri burchakli bo’lgan quvur ko’rinishida bajariladi. Suv omboridan katta suv sarflari chiqarilganda quvurlar ko’p ko’zli qabul qilinadi, shu bilan birga har bir tirqish minoraga joylashgan mustaqil zatvor bilan yopiladi. Ketuvchi vodovodda oqim rejimi bosimsiz va undagi tezlik 2...4 m/s qabul qilinadi. Ekspluatatsiya sharoitlari bo’yicha quvur balandligini 1,5 m dan kam qabul qilinmaydi. Quvur chiqish kesimidan keyin energiyani so’ndirish uchun suv urilma quduq o’rnatiladi.


Download 255.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling