1-Mavzu: Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va printsiplari Reja


Download 54.2 Kb.
bet1/6
Sana06.10.2023
Hajmi54.2 Kb.
#1693143
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 дарс тадбиркорлик


1-Mavzu: Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va printsiplari
Reja:

  1. Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va printsiplari

  2. Bozor va tadbirkorlik.

  3. Tadbirkorlik huquqining manbalari



1.Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va printsiplari
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni davlatning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini tadbirkorlik huquqi fani o’rganadi.

Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o’zi tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. (O’zbekiston Respublikasining qonuni. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida (yangi tahriri) 2012 yil 02 may, 328-son.

Misol uchun, fuqaro bir o’zi ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil qilib, bolalar ichki keyimlari ishlab chiqarish maqsadida bankdan kredit olib, chet eldan tikish uskunalarini xorijiy valyutada xarid qildi va o’z tadbirkorlik faoliyatini boshladi.



Tadbirkorlik huquqi – tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi va bozor sharoitida davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig’indisidan iboratdir.

Demak, tadbirkorlik huquqi o’ziga xos muayyan munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi huquq sohasi-mi?
Unda, tadbirkorlik huquqining huquq tizimida tutgan o’rniga to’xtalib o’taylik. Tadbirkorlik huquqi ham boshqa huquq sohalari kabi: birinchidan, huquqning mustaqil sohasi; ikkinchidan, qonunchilik tarmog’i; uchinchidan, fan sohasi; to’rtinchidan, o’quv predmeti hisoblanadi.
Tadbirkorlik xuquqi – xuquq tarmog’i sifatida tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiyot sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi huquq normalari yig’indisidan iborat.

Download 54.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling